Rasman: "Andijon" gruziyalik futbolchi transferini elon qildi
04 dek 2025 16:04
Yangiliklar
Rasman: "Andijon" gruziyalik futbolchi transferini elon qildi
"Andijon" yangi mavsum uchun selekciya ishlarini boshlab yuborgan.
Yakuniga etgan chempionatni "Bunyodkor" safida o'tkazgan gruziyalik hujumchi Imeda Ashortia 2026 yilni "Andijon" libosida o'tkazadi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishdi va shartnoma imzolandi.

Malumot uchun, Ashortia 1996 yilning 30 oktyabr kuni Gruziyaning Martvili shahrida tavallud topgan. Shu kungacha u Gruziyaning "Martvili", "Dila", "Kolxetti-1913", "Sxinval", "Telavi", Ozarbayjonning "Turan Tovuz" va Qozog'istonning "Shaxtyor" jamoalarida to'p tepgan.
Bu yil "Bunyodkor" safida Superliga va Kubok doirasida jami 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Raqiblar darvozasiga 10 ta to'p kiritdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
U-23 Осиё Кубоги. Математикага ўрин қолмади: Ўзбекистон Кореяни ютиб, кейинги босқичга чиқди
ШОШИЛИНЧ ХАБАР: Хаби Алонсо "Реал Мадрид"ни тарк этди!
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
Fikrlar