APLning eng qimmat yosh futbolchilari malum. "Chelsi", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" topda
22 avg 13:03
Yangiliklar
APLning eng qimmat yosh futbolchilari malum. "Chelsi", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" topda
"Chelsi" vingeri Estevao Transfermarkt talqini bo'yicha Angliya Premer-ligasining 21 yoshgacha bo'lgan eng qimmat futbolchisi bo'ldi.
Braziliyalik yosh futbolchi 60 million evroga baholanmoqda. U APLdagi ilk o'yinini o'tkazgan bo'lsa-da, hali Premer-ligada gol urolmadi.
Ushbu reytingda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni "Manchester Yunayted" himoyachisi Leni Yoro va "Arsenal" yarim himoyachisi Itan Nvaneri egalladi. Ikkala futbolchining transfer qiymati 55 million evroni tashkil qiladi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha kuchli beshlikka, shuningdek, "Manchester Siti" vingeri Rayan Sherki (45 million evro) va "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton (40 million) kirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar