So’nggi yangiliklar

21:13Туркия. Турғунбоев "Антальяспор" - "Сивасспор" баҳсини захирада бошлайди  0 20:47Ортиқхўжаев истаган "Пахтакор" шуми?  2 20:21"Энг зўр-2024". Йилнинг энг яхши футболчиси ким бўлади?  18 20:11"Энг зўр-2024". Йилнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  6 19:57Родриго муддатидан аввал майдонга қайтади  0 19:40Ўзбекистоннинг ҳозирги терма жамоаси тарихдаги энг кучлисими? Сервер Жепаров жавоб берди  33 19:24"Энг зўр-2024". Аёллар футболи бўйича йилнинг энг яхши мураббийи, Ўзбекистоннинг энг яхши аёл футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди  2 18:58Флик Ямаль қачон майдонга қайтишини маълум қилди  0 18:30Беллингем: "Мбаппе ўзининг даражаси туфайли "Реал"да жуда катта босим остида"  34 18:08Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида "Чиғатой"ни мағлуб этди  0 17:50Ван Дейк "Реал"нинг қизиқишлари ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  5 17:26Умарали Раҳмоналиев: "Рубин" ЦСКАга жанг таклиф қилади"  1 16:59АПЛ ва Бундеслига клублари "Ипсвич" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:37Мессининг рафиқаси футболчининг туғилиб ўсган шаҳридаги деворий суратни кўрсатди  20 16:17ЎзПФЛ делегацияси "ФарДУ" клубида лицензиялаш талаблари бажарилиши юзасидан ўрганиш олиб борди  1

To'y to'ydek bo'lsin. "Oq bo'rilar" "ajdaho" o'lkasidan o'lja bilan qaytadimi? Yangiliklar

To'y to'ydek bo'lsin. "Oq bo'rilar" "ajdaho" o'lkasidan o'lja bilan qaytadimi?

O'zbekiston terma jamoasining qanday musobaqadagi uchrashuvi bo'lmasin doim diqqat markazida turadi.

Futbolga qiziqmaydigan qo'shnim Teshavoy aka ham ertasi kuni O'zbekistonning natijasini so'raydi. Raqib kim bo'lishining ahamiyati yo'q. Terma jamoa o'ynaydigan kuni bayram hisoblanadi. Bugungi g'alaba mamlakatimizda hukm surib turgan Navro'z va Ramazon ayyomiga qo'shaloq bayram bo'lishi aniq. To'y to'ydek bo'lsin, nima dedingiz? Biz esa mazkur o'yin oldidan ayrim malumotlarni etiboringizga havola qilamiz. 

Hong Kong

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. E . 3-tur

21/03/2024, 17:00

2
:
0
Tugadi

Uzbekistan

Eldor Shomurodov - 49', Rustamjon Ashurmatov - 66'

Stadion: 6263 tomoshabin

45'
90'
63'  Matthew Orr (Michael Udebuluzor)
63'  Everton Camargo (Pui-Hin Poon)
80'  Siu Kwan Chan (Yu Joy Yin)
80'  Juninho (Stefan Pereira)
88'  Wu Chun Ming (Wang Kit Tsui)
46'  Khozhimat Erkinov (Abbosbek Fayzullayev)
49'  Eldor Shomurodov
66'  Rustamjon Ashurmatov
70'  Rustamjon Ashurmatov (Khusniddin Alikulov)
82'  Jaloliddin Masharipov (Azizbek Amonov)
90'  Odildzhon Khamrobekov (Diyor Kholmatov)
90'  Eldor Shomurodov (Bobur Abdikhalikov)

O'zaro o'yinlar 

Bu ikki terma jamoa shu paytgacha 7 marotaba bir-biri bilan kuch sinashgan bo'lib, 4 ta o'yinda g'alaba, 3 ta bahsda durang natija qayd etilgan. O'zbekiston bu o'yinlarda 10 ta gol urgan va 3 ta to'p o'tkazib yuborgan. "Oq bo'rilar" o'z tarixida bu terma jamoaga mag'lub bo'lmagan. Mehmonda kechgan o'yinlarda vakillarimiz 1 durang va 2 g'alabaga erishgan. Jamoalar so'nggi bor 11 yil oldin Osiyo Kubogi-2015 saralashida to'qnash kelishgan. 

Osiyo Kubogi saralash bosqichi. Javob uchrashuvi. 

19.11.2013. Gonkong, "Mong Kok" stadioni. 5679 tomoshabin. 

Gonkong - O'zbekiston 0:2

Hakam: Navaf SHukurulla (Baxrayn)

Gollar: Vohid SHodiev 84, Odil Ahmedov 89

O'zbekiston: Eldorbek Suyunov, Davronbek Hoshimov (Bahodir Nasimov,46), Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Aziz Xaydarov, Vohid SHodiev, Igor Sergeev (Server Jeparov, 82), Islom To'xtaxo'jaev, Sardor Rashidov, Jamshid Iskanderov (SHavkat Salomov, 74) 

To'purarlar 

Gonkongga qarshi kechgan uchrashuvlarda Anvar Soliev, Vladimir SHishelov 2 tadan gol urishgan. Qolganlar hisobida 1 tadan gol mavjud. 

Vladimir SHishelov 2

Anvarjon Soliev 2 

Azamat Abduraimov 1 

Andrey Akopyanc 1

Nikolay SHirshov 1

Maksim SHackix 1 

Vohid SHodiev 1

Odil Ahmedov 1 


Himoyaga yotib olmaydigan Gonkong haqida 

Gonkong SHarqiy Osiyoda joylashgan bo'lib, Xitoytarkibiga kiruvchi avtonom Respublikadir. U erga futbol 1914 yilda kirib borgan va oradan 40 yil o'tib, yani 1954 yili mamlakat futbol federaciyasi OFKga azo bo'lgan. Gonkong terma jamoasi o'z tarixida Osiyo Kubogi final bosqichida 4 marta - 1956, 1964 va 1968, 2024 yillarda qatnashgan. Gonkongliklarning Osiyo kubogidagi ilk ishtiroklari muvaffaqiyatli chiqib, turnirda 3-o'rinni qo'lgakiritishgan. Bu terma jamoa tarixidagi eng ulkan yutuq

hisoblanadi. Biroq 1968 yildan buyon raqibimizga biror bir nufuzli musobaqada qatnashish nasib etmayotgan edi. "Ajdaho"larni oradan 56 yil o'tib norvegiyalik Yorn Andersen qita kubogi sari etakladi.   Ha, Gonkong termasi qitamizda katta obro'ga ega emas. Qolaversa, FIFA reytingida ham ancha pastki qatorlarda yuruvchi jamoasanaladi. Biroq har qanday raqibni hurmat qilish lozim. Ayniqsa bugungi kunga kelib tarkibni legionerlar bilan to'ldirgan, mahalliy futbolchilar tajribasini oshirayotgan terma jamoa yaxshigina bosh og'riq bo'lishi aniq. Zero tarixda raqibga etarlicha baho bermay ochko ulashgan vaqtlarimiz ham bo'lgan.  Bunga 2006 yili guvoh

bo'lgandik. O'sha yili Osiyo Kubogi - 2007 saralash bosqichida milliy jamoamiz bilan bir guruhdan joy olgan gonkongliklar hamyurtlarimiz bilan Toshkent (2:2) va Syangan (0:0)da durangga imzo chekishganini qayd etish o'rinli. Toshkentdagi bahsda hamyurtlarimiz 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan, lekin biroz xotirjamlikka berilganlari natijasida yakunda o'z darvozalaridan 2 ta to'p o'tkazib yuborishgandi. Xayriyatki, yakunda hammasi omadli yakunlanib, termamiz qatarliklar bilan birga 2007 yilgi Osiyo Kubogiga yo'l

olgandi. Ko'pchilik bugun Gonkong himoyaviy o'yin ko'rsatishini taxmin qilyapti. Lekin Osiyo Kubogidagi o'yinlari orqali ko'rdikki jamoa chuqur himoyaga yotib olmaydi. Raqib 4-3-3 taktikasida harakat qiladi. SHuning hisobiga bugun O'zbekistonga nisbatan oson bo'lishi mumkin. 



Gonkong terma jamoasi

Bosh murabbiy: Yorn Andersen 

FIFA reytingidagi o'rni: 154

Asosiy formasi - qizil

Zaxiradagisi - oq

Dastlabki uchrashuvi: J.Koreya-3:3 (Filippin; 1954 yil 2 may)

Eng yirik g'alabasi: Guam-15:0 (Taybey; 2005 yil 7 mart)

Eng yirik mag'lubiyati: Xitoy-0:7 (Guanjou, Xitoy; 1980 yil 1 avgust), Xitoy-0:7 (Guanjou, Xitoy; 2004 yil 17 noyabr)

Osiyo chempionatidagi ishtiroki: 4marta (1956, 1964, 1968, 2024)

Eng yuqori natijasi: 3-o'rin (1956)


FIFA reytingida qancha ochko jamg'aramiz?

O'zbekiston terma jamoasi mehmonda Gonkongni yutish orqali +5.12 ishlab olishi mumkin. G'alabadan boshqa har qanday natija bizning zararimizga ishlaydi. Deylik bir ochko bilan qaytilgan taqdirda -7.38, mag'lubiyat uchun esa -19.88 yo'qotamiz. 


Murabbiylar o'yindan oldin qanday fikrda?


"O'zbekistondek Osiyoning yirik jamoasiga qarshi raqobatlashishning yagona yo'li - Osiyo Kubogidagi kabi yuqori darajada o'ynash. Biz bor kuchimizni sarfladik, ko'p yugurdik va doimo kurashlarga kirdik.

Vaziyatga real qarash lozim, bunday terma jamoalarga gol urish qiyin. Gonkong chempionatida ko'p gol uradigan futbolchilarimiz bor, ammo bu daraja ancha qiyinroq.

Agar biz bir, ikki yoki uchta vaziyat yaratsak va omad bizga kulib boqsa, ulardan biri gol bilan yakunlanishi mumkin" - dedi Gonkong bosh murabbiyi Yorn Andersen.

 


"Gonkong terma jamoasi texnik direktori lavozimiga "Brayton"da ishlagan Jon Morling keldi. Yaqinda bizda ham huddi shu lavozimda belgiyalik Gi Kiala ish boshladi. Men terma jamoa haqida qayg'uraman, u esa yoshlarga javob beradi.

Men Iroq terma jamoasida ishlaganimda JCH-2022 saralashida Gonkongga to'qnash kelganman, o'shanda ular o'z yarim maydonidan chiqmay, faqat himoyada harakat qilishar edi. Yorn Andersen esa umuman boshqa jamoa shakllantiribdi. Ular hozir har bir o'yinda ko'plab vaziyatlar yaratishmoqda. Gonkong ko'p gol o'tkazyapti, ammo 5 kishi bo'lib hujumga o'tshmoqda" - dedi Katanec.


Ikki jamoaning mart oyidagi o'yinlarga jalb qilgan futbolchilar ro'yxati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика