Toshkent klubi futbolchisi "Qizilqum" safiga borib qo'shildi
22 jan 09:35
Yangiliklar
Toshkent klubi futbolchisi "Qizilqum" safiga borib qo'shildi
Navoiyning "Qizilqum" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni qizg'in ravishda olib bormoqda.
Nikola Lazarevich boshchiligidagi jamoa azolari Navoiyda mashg'ulotlarni o'tkazmoqda. "Qizilqum"ning qishki o'quv-mashg'ulot yig'iniga "Bunyodkor" yarim himoyachisi Farhod O'tkirov kelib qo'shildi. Futbolchi hozirda ko'rikda bo'lib turibdi. Agarda barchasi ko'ngildagidek bo'lsa tomonlar rasman shartnomaga imzo chekadi.
Farhod O'tkirov o'tgan mavsumda Superligada 8 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarket portali malumotlariga ko'ra futbolchining narxi 50 ming evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar