Tojikiston terma jamoasiga Superliganing ikki nafar futbolchisi chaqirildi
21 mar 20:32
Yangiliklar
Tojikiston terma jamoasiga Superliganing ikki nafar futbolchisi chaqirildi
Bo'lajak uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish maqsadida terma jamoaga 25 nafar futbolchi – 3 nafar darvozabon, 10 nafar himoyachi, 8 nafar yarim himoyachi va 4 nafar hujumchi chaqirildi. O'yin uchun yakuniy qaydnomaga 23 nafar o'yinchi kiritiladi.
Tarkibdan O'zbekiston Superligasida to'p tepadigan ikki nafar futbolchi – "So'g'diyona" himoyachisi Zoir Jo'raboev va "Qizilqum" yarim himoyachisi Alisher Shukurov ham joy olgan.
Eronning "Sepaxon" klubi himoyachisi Vahdat Xanonov o'yin amaliyoti yo'qligi sababli Tojikiston terma jamoasiga jalb etilmadi, "Gol Gohar" yarim himoyachisi Amadoni Kamolov esa jarohati tufayli bo'lajak bahsni o'tkazib yuboradi.
Milliy jamoaning o'quv-mashg'ulot yig'ini 23 mart kuni Dushanbeda boshlanadi.
Takidlab o'tamiz, Osiyo Kubogi-2027 saralash turnirining "A" guruhi oltinchi turidan o'rin olgan Tojikiston va Filippin terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv seshanba, 31 mart kuni Hisordagi Markaziy stadionda bo'lib o'tadi. O'yin soat 19:00 da boshlanadi.
Tojikiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi-2027 saralash turniri doirasidagi Filippinga qarshi o'yin uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Rustam Yatimov ("Rostov", Rossiya), Oleg Baklov ("Turan Tovuz", Ozarbayjon), Daler Azizov ("Hosilot");
Himoyachilar: Zoir Jo'raboev ("So'g'diyona", O'zbekiston), Mehrubon Karimov, Sayyodi Kovussho (ikkalasi ham – "Ravshan"), Ahtam Nazarov ("Vaxsh"), Manuchehr Safarov, Tabrez Islomov, Sodiqjon Qurbonov, Alijon Karomatullozoda (barchasi – "Istiqlol"), Furqon Rahimzoda ("Hosilot"), Ahmadjon Shoev ("Sardor");
Yarim himoyachilar: Parvizjon Umarboev ("Lokomotiv", Bolgariya), Ehsoni Panjshanbe, Shervoni Mabatshoev (ikkalasi ham – "Terenganu", Malayziya), Alisher Shukurov ("Qizilqum", O'zbekiston), Amirbek Jo'raboev, Muhammadjon Rahimov (ikkalasi ham – "Istiqlol"), Jovidon Xushvaqtov ("Barqchi"), Jamshed Maxsumov ("Ravshan");
Hujumchilar: Shahrom Samiev ("Al-Karma", Iroq), Sheriddin Boboev ("PSM Makassar", Indoneziya), Rustam Soirov, Daler Sharipov (ikkalasi ham – "Istiqlol").
Bosh murabbiy – Goran Stevanovich (Serbiya).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar