O'zbekistonning guruhdagi raqiblari FIFA kunlarida qaysi jamoalarga qarshi o'ynaydi?
21 mar 18:28
Yangiliklar
O'zbekistonning guruhdagi raqiblari FIFA kunlarida qaysi jamoalarga qarshi o'ynaydi?
2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida O'zbekiston milliy terma jamoasiga raqiblik qiladigan Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari mart oyidagi FIFA kunlari doirasida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.
Taqvimga ko'ra, "oq bo'rilar"ning raqiblari quyidagi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi:
Kolumbiya terma jamoasi:
– 27 mart: Xorvatiya;
– 30 mart: Franciya.
Portugaliya terma jamoasi:
– 29 mart: Meksika;
– 1 aprel: AQSH.
Guruhdagi to'rtinchi yo'llanma uchun kurashayotgan jamoalarning rasmiy o'yinlari elon qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mart oyida FIFA Series musobaqasiga mezbonlik qilib, Gabon va Venesuelaga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq FIFA Nigeriyaning etirozini rad etgani bois Kongo DR O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olish uchun kurashni davom ettirishi haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar