O'zbekiston terma jamoasi ertadan yig'inga kirishadi
21 mar 21:35
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi ertadan yig'inga kirishadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 22 martdan etiboran Toshkent shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlaydi.
Xabaringiz bor, bosh murabbiy Fabio Kannavaro tomonidan FIFA Series musobaqasi uchun jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxati avvalroq elon qilingan edi.
So'nggi malumotlarga ko'ra, ushbu ro'yxatdan joy olgan Jaloliddin Masharipov, Husniddin Aliqulov, Abbosbek Fayzullaev, Dilshod Komilov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Abdulla Abdullaev, Alibek Davronov va Husayn Norchaev turli darajadagi jarohatlari tufayli yig'inni o'tkazib yuborishi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, milliy terma jamoamiz FIFA Series loyihasi doirasida quyidagi uchrashuvlarda maydonga tushadi:
27 mart, soat 19:00 | O'zbekiston – Gabon
30 mart, soat 19:00 | O'zbekiston – Venesuela
Har ikkala uchrashuv ham poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar