Klublar reytingi. Mingtalikdan O'zbekistonning ikki klubi o'rin oldi, ular orasida "Paxtakor" yo'q
21 mar 21:00
Yangiliklar
Klublar reytingi. Mingtalikdan O'zbekistonning ikki klubi o'rin oldi, ular orasida "Paxtakor" yo'q
Opta superkompyuteri futbol klublarining yangilangan jahon reytingini elon qildi.
Ro'yxatga 13 000 dan ortiq jamoalar, jumladan, O'zbekiston Superligasi klublari kiritilgan.
Reytingni tuzishda jamoaning milliy chempionatdagi natijalari, liganing umumiy darajasi, shuningdek, mamlakat va qita reytinglari hisobga olindi.
Reytingda Angliyaning "Arsenal" klubi etakchilik qilmoqda. Kuchli beshlikdan "Bavariya", "Barselona", "Real Madrid" va "Manchester Siti" o'rin olgan.
O'zbekistonning ikki klubi TOP-1000 ro'yxatdan o'rin olgan: "Neftchi" – 933, "Nasaf" – 954-o'rinni egallagan. "Paxtakor" esa kuchli mingtalikdagi o'rnini boy bergan va 1017-o'ringa tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar