Portugaliya va Kolumbiya JCH-2026 uchun mo'ljallangan liboslarini taqdim etdi
21 mar 19:15
Yangiliklar
Portugaliya va Kolumbiya JCH-2026 uchun mo'ljallangan liboslarini taqdim etdi
"Puma" kompaniyasini 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Portugaliya terma jamoasiga ushbu yangi safar libosini yaratishga ilhomlantirdi. Undagi asosiy etiborni tortadigan jihat shundaki, terma jamoa ramzi odatdagidek chap tomonda emas, balki libosning qoq markazida joylashgan.
Portugaliya futbol federaciyasi erkaklar terma jamoasining 2026 yil iyun va iyul oylarida AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida foydalanadigan yangi muqobil libosini taqdim etdi.
"Dengiz ildizlari"dan ilhomlangan holda "Puma" yaratgan ushbu libos o'ziga xos detalga ega – mamlakat terma jamoasining gerbi hamda brend logotipi futbolkaning markazidan joy olgan.

Kolumbiya ham safar o'yinlari va JCH-2026 uchun mo'ljallangan libosini taqdim etdi. Federaciya malumotlariga ko'ra, ushbu ekipirovka orqali o'ziga xoslik, tabiat va futbol madaniyatini yagona kreativ koncepciya ostida birlashtirish maqsad qilingan: "Terma jamoaning yangi libosi bizning dengizlarimizdan dunyoga kelmoqda".
Mazkur libos orqali Kolumbiyaning o'zligiga va mamlakatni o'rab turgan ikki okeanga ehtirom ko'rsatish ko'zda tutilgan. Ekipirovka dizayniga keladigan bo'lsak, unda Karib dengiziga ishora qiluvchi bazi detallar bilan birga Tinch okeanining to'q ko'k rangi asos qilib olingan.

"Federaciya uchun mamlakatimizning shunday yorqin elementlarini o'zida mujassam etgan libosni taqdim etish juda ahamiyatlidir. Kolumbiyani o'rab turgan dengizlar bizning o'zligimizning bir qismi hisoblanadi. Terma jamoamiz Jahon chempionatida kiyadigan libosda ushbu ilhomni ko'rish barcha kolumbiyaliklar uchun g'urur bag'ishlaydi", – dedi Kolumbiya futbol federaciyasi prezidenti Ramon Xesurun.
Eslatib o'tamiz, Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida O'zbekiston va mintaqalararo pley-off g'olibi bilan bellashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar
Туйга кора чопон кийиб боришдек гапда хозирги форма бн ЖЧ га бориш