Futbol afsonasi Yangi Kaledoniyani jahon chempionatida ishtirok etishga loyiq deb hisoblaydi
21 mar 20:08
Yangiliklar
Futbol afsonasi Yangi Kaledoniyani jahon chempionatida ishtirok etishga loyiq deb hisoblaydi
Yangi Kaledoniyada tavallud topgan futboli afsonasi Kristian Karambyo mamlakat terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishiga umid qilmoqda.
"Barchamiz Yangi Kaledoniya terma jamoasida o'ynashni xohlardik, ammo bizning davrimiz o'tib bo'ldi. Endigi asosiy vazifa – bo'lajak jahon chempionatida ishtirok etishga to'la haqli bo'lgan hozirgi avlodni qo'llab-quvvatlash. Umid qilamanki, ular pley-off turnirida nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etishadi. Biz – Tinch okeani jangchilari millatimiz, yigitlar esa ko'zlangan marraga etish uchun o'zlarining ruhiy matonati va aql-zakovatini ishga solishlari talab etiladi", dedi 55 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Yangi Kaledoniya pley-off bosqichida dastlab Yamaykaga qarshi bahs olib boradi. Mazkur juftlikda ustun kelgan jamoa Kongo Dr bilan bellashadi. Pley-off g'olibi esa Portugaliya, Kolumbiya va O'zbekiston bilan bir guruhdan joy oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar