So’nggi yangiliklar

09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  0 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  1 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  0 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  1 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  3 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  10 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  3 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  5 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  13 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  36 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0

"Tojikiston milliy terma jamoasi qayd etgan natijadan boshim osmonga etdi" - Davron Ergashev Yangiliklar

"Tojikiston milliy terma jamoasi qayd etgan natijadan boshim osmonga etdi" - Davron Ergashev

"Qaldirg'ochlar" safidagi to'rt yillik faoliyatidan so'ng tajribali himoyachi Davron Ergashev "Metallurg" bilan shartnoma imzoladi va bekobodliklar tarkibida yangi mavsumga qizg'in hozirlik ko'rmoqda.

Klub matbuot ximzati Antaliya yig'inidagi "Metallurg"ning birinchi goliga mualliflik qilgan tojikistonlik legioner bilan yangi muhit, Turkiya  yig'ini, 2024 yilgi mavsum qurasi to'g'risida suhbatlashdi.

- Davron, avvalo yangi jamoaga moslashish jarayoni qanday kechayotganligi haqida gapirib bersangiz...

- O'zbekiston Superligasidagi muhit menga begona emas. "Bunyodkor"da o'ynab yurganimdayoq "Metallurg"ning aksariyat o'yinchilarini tanir, ular bilan do'stona aloqalarni o'rnatib bo'lgandik. SHu manoda men "Metallurg"da o'zimni juda erkin his etyapman. Qolaversa, jamoa o'yinchilari, murabbiylar shtabi, klub rahbariyati hamda mamuriyati meni juda iliq qarshi oldi. Bu ham yangi jamoamga moslashish jarayonini engillashtiryapti.

- Turkiyadagi yig'in haqida nima deya olasiz?

- Superliganing barcha jamoalari bu yilgi mavsumga juda puxta hozirlik ko'rayapti. Ularning barchasi xorijda yig'in o'tkazishdi va bu jarayon aksariyat jamoalarda hozir ham davom etmoqda. Bu paytda O'zbekistonda kuchli sparring raqib hamda talablar darajasidagi sifatli maydonni topish mushkul. SHu manoda "Metallurg" rahbariyatining Antaliyada yig'in o'tkazish g'oyasini to'liq qo'llab-quvvatlayman. Turkiyaga kelganimizga ham bir haftacha bo'lib qoldi. Har kuni ikki mahaldan mashg'ulotlar olib boryapmiz. Kunning birinchi yarmida fitnes-zalida jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirishga urinayotgan bo'lsak, kechki payt "Nirvano Kosmopolitano" futbol maydonlarida to'p bilan ishlayapmiz. Jamoaviy o'yinimizni shakllantirish, taktik va texnik amaliyotlar borasida ish olib borilyapti. Ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushishga ham ulgurdik...



- Xorij yig'inidagi ilk uchrashuvlardan olgan taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Turkiyaga kelganimizning uchinchi kuni "Vardar"ga qarshi maydonga chiqdik. To'g'risi, o'yinimiz qovushmadi. Etiroz barcha chiziqlardagi futbolchilarga nisbatan tug'ildi. Ertasi kuni esa ancha o'zimizga kelib oldik. To'g'ri, "CHernomorec"ga qarshi o'yinda g'alabani qo'ldan boy berdik. Ammo yutuqqa loyiq o'yin ko'rsatdik. Birinchi taym hamda ikkinchi bo'lim avvalidagi vaziyatlardan unumli foydalanganimizda g'alaba qozongan bo'lardik. Biroq bu – futbol. Hamisha ham siz o'ylagandek bo'lib chiqavermaydi. Hisobni ochib olganimizdan so'ng bir zum diqqat-etiborni yo'qotdik va raqibning ketma-ket qaqshatqich hujumlariga duch keldik. Oqibatda bitta gol o'tkazib yubordik. Bu o'yinlar jamoamiz uchun saboq bo'ladi.

- "Metallurg"ning xorij yig'inidagi birinchi goliga mualliflik qildingiz. Kutganmidingiz?

- O'zimga bo'lgan ishonchim oshishi uchun "Metallurg" safida tezroq gol urishim zarur edi. Xayriyatki, bu gol ko'p kuttirmadi. "CHernomorec"ga qarshi o'yinda standart vaziyatda hujumga qo'shildim va imkoniyatdan unumli foydalandim. Murabbiylar jarima to'plari tepilayotganda, burchakdan to'p o'yinga kiritilayotganda himoyachilarni hujumga chorlashadi. Men "Bunyodkor"da ham standart vaziyatlarda gol urganman. Mana "Metallurg"da ham jamoadoshlarim muvaffaqiyat qozonishimga ko'maklashishdi. Umid qilamanki, chempionat uchrashuvlarida ham samarali o'yinim bilan jamoamga foydam tegadi.

- Kecha 2024 yilgi mavsum birinchi davrasi o'yinlari taqvimi rasman tasdiqlandi. Yangi mavsumni 3 mart sanasida Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazarkanmiz. Qura haqida fikrlaringizni bilmoqchi edik...

- Yangi mavsumga qura tashlangan kundan etiboran "Lokomotiv"ga qarshi tayyorgarlik boshlangan, desam mubolag'a bo'lmaydi. Ham ruhan, ham fikran "temiryo'lchilar" bilan birinchi tur uchrashuvini kutayapmiz. Qolaversa, mavsum davomida barcha raqiblar bilan o'ynaymiz. SHu manoda mavsum avvalida quraga ko'ra qaysi raqibning tushishi shaxsan meni tashvishga solgani yo'q. Birinchi davrada bizni qiynaydigan narsa bu deyarli barcha uchrashuvlarni safarda o'tkazishimizdir. Uyda, o'z muxlislaring qarshisida to'p tepish baribir boshqacha. Umid qilamizki, Olmaliq shahridagi uy o'yinlarimizda muxlislarimiz bizni yolg'izlatib qo'yishmaydi. Biz esa sadoqatli ishqibozlarimizni xursand etish yo'lida qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

- Osiyo Kubogi bahslarida vatandoshlaringiz – Tojikiston terma jamoasi yangi tarix yaratishdi...

- Tojikiston milliy terma jamoasi ko'rsatgan o'yin va qayd etgan natijasidan boshim osmonga etdi. Haqiqatan ham milliy terma jamoamiz boshlaridan baland sakrashga muyassar bo'ldilar. Bizda hamisha jamoaviy ruh baland bo'lgan. Ishtiyoq, g'alabaga chanqoqlik evaziga har qanday nomdor jamoa bilan tap tortmay kurashib kelganmiz. Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida ham bu ananaga sodiq qoldik. Jamoadoshlarim uchun, tojikistonlik barcha futbol muxlislari-yu, mutaxassislari uchun xursandman. Keyingi musobaqalarda omadli yurishlarimiz bardavom bo'lishini tilab qolardim.

- Yana sanoqli kunlardan so'ng start oladigan Superliga bahslariga qaytsak. Bu yil g'oliblik yo'lida qaysi jamoalarning imkoniyatlari yuqori deb o'ylaysiz? "Metallurg" futbol klubi o'z oldiga qanday maqsad va vazifalar qo'ymoqda?

- Superligada juda ko'p jamoalarning saviyasi bir xil: chempionlik yo'lida "Paxtakor", "Navbahor", "Nasaf" singari jamoalar kurash olib borishadi desam, yangilik aytmagan bo'laman. Qolaversa, etakchi klublarga munosib qarshilik ko'rsata oladigan raqiblar ham oz emas. Bekobod jamoasi ham uzoq yillardan buyon sovrindor o'rinlarni egallab kelayotgan jamoalarni uyida ham, safar bahslarida ham qiyin ahvolga solib kelgan. Mavsumga tayyorgarlik arafasida o'tkazilgan kengaytirilgan yig'ilishda klubimiz rahbariyati jamoa oldiga hujumkor futbol namoyish etib, muxlislarni xursand etish vazifasini yukladi. "Metallurg" kuchlilar safidagi qatnashuvi davrida uch marta kuchli beshlikka kirgan. Bu yilgi maqsad ham etakchi jamoalar safiga kirish, ijobiy natijalar bilan muxlislarimiz olqishiga sazovor bo'lish...

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика