So’nggi yangiliklar

22:25Ислом Исмоилов бутсалар ҳақида: "Бугун ўйин давомида ярим жамоа оёғида туролмади. Бу эътибордан четда қолдириладиган нарса эмас"  2 21:56Ислом Исмоилов: "Провакацияга учмасликни юз марта эмас, минг марта тушунтиргандик. Шу сабабли унга танбеҳ бердим. Ҳозир ҳаммаси яхши"  25 21:39U-17 Жаҳон чемпионати. Португалия ва Буркина Фасо чорак финалга чиқди. Бразилия ирода кўрсатиб, Францияни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди  2 21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  236 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  4 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  26 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  403 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  7 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  41 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2

Timur Kapadze: "Maliga qarshi o'yin biz uchun har taraflama foydali bo'ldi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Maliga qarshi o'yin biz uchun har taraflama foydali bo'ldi"

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Maliga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik o'yini haqida gapirdi.


– Uchrashuv haqida fikringiz?

– Malini imkoniyatlarini ko'rish varianti bor edi. Birinchi o'yinni o'ynadik. Bu jamoa haqida malumot yig'ish biroz qiyin bo'ldi. Faqat Yaponiya bilan o'ynashgan ekan. Kuchi va imkoniyatlari ko'rinib turibdi. Bugungi o'yin biz uchun qiziq bo'ldi. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Bu o'yin har taraflama biz uchun foydali bo'ldi. Osiyo jamoalarini yaxshi bilamiz. Evropa va Afrika jamoalarini esa unchalik ham yaxshi bilmaymiz. Bugungi o'yin qaerda kamchiligimiz va ustun jihatlarimiz borligini ko'rdik. Afrika jamoalari doim jismonan kuchli bo'lgan. Bu o'yinda bizning kuchli jihatlarimiz ham ko'rinib turibdi. Olimpiya o'yinlarida bunday raqiblar duch kelishi aniq.

– Bugungi o'yinda VAR bo'lishi kimning tashabbusi?

– Biz ham bugun bildik. Tizim yaxshi ishladi. VAR aralashgan birgina vaziyat bo'ldi. Bular baribir ikkinchi darajali narsalar. Asosiysi, bugun deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat berdim. Zaxiradagilarni ham ko'rishni istadim. Bizda bor o'yinchilar maydonga tushishdi, ular o'zlarini ko'rsatishga harakat qilishdi.

– 15 iyul kuni Evropa vakiliga qarshi o'ynaymizmi?

– Menimcha, yo'q. Bo'lajak raqib lotin Amerikasidan bo'lishi kutilmoqda. Buni vaqt ko'rsatadi. O'yindan muxlislar ham yaxshi taassurot olishdi deb o'ylayman. Kamchiliklar bo'ldi, umuman olganda yaxshi harakat qildik.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика