So’nggi yangiliklar

13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  3 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0

Timur Kapadze: Ertangi o'yinga o'z rejamiz bor Yangiliklar

Timur Kapadze: Ertangi o'yinga o'z rejamiz bor

U-23 Osiyo kubogi birinchi turidan o'rin olgan O'zbekiston - Turkmaniston uchrashuvidan oldin matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda dastlab O'zbekiston U-21 bosh murabbiyi Timur Kapadze va yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov qatnashdi.

«Assalomu alaykum. Yurtimizda bunday musobaqa bo'layotganidan xursandmiz. Turnirga tayyorgarlik yaxshi bo'ldi. Oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishishga harakat qilamiz. Barcha jamoalarga omad tilayman»,- deydi Timur Kapadze.

«Murabbiyimiz aytganidek turnir O'zbekistonda bo'layotganidan xursandmiz. Turnirni uzoq yillardan beri kutyapmiz. O'ylaymanki, oldimizdagi vazifani bajaramiz»,- deydi Jasur

- Tarkibga chaqirilgan aksariyat futbolchilar milliy jamoaga ham jalb qilindi. Bu sizga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- Bir tomondan xursandmiz. Bunday yoshda futbolchilarimiz terma jamoaga chaqirilishi yaxshi. Hozirda ular biz bilan musobaqaga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

- 2018 yildagi chempionga erishgan jamoani bilamiz. O'sha yutuqni takrorlashni o'ylayapsizlarmi? Buning uchun bosim his qilyapsizlarmi?

- Uyda o'ynayotganimiz bizga qo'shimcha kuch va yordam beradi. Har bir musobaqa o'ziga yarasha qiyin va masuliyatli. Bundan ortiqcha muammo ko'rmayapman.

- Bu turnirga har bir terma jamoa maqsad bilan kelgan. Osiyo kubogiga kuchsiz terma jamoa kelmagan. Eron, Qatar barchalari kuchli jamoa. O'z rejamiz bor. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi.

- O'zbekistonning asosiy maqsadi nima?

- Hamma jamoa g'oliblik uchun o'ynaydi. Birinchi o'rinda guruhdan chiqib oldinga qarab yurishda davom etishimiz kerak.

- Terma jamoamizga omad tilaymiz. Tayyorgarlik jarayonida qaysi jihatlardan ko'nglingiz to'lmadi?

- Menimcha munosib hozirlik olib bordik. Turnirga tayyormiz. Terma jamoaga jalb qilinganlari eng kuchlilari.

- Yangi jamoaga o'tganingizdan so'ng ko'p o'yin amaliyotisiz qolib ketdingiz. Musobaqaga qanday holatda etib keldingiz?

- «Qayrat»ga birinchi o'tganimda shunday holat kuzatilgandi. Murabbiy bilan uchrashganimda dastlab Osiyo chempionatiga tayyor bo'lib borishim kerak deganman. Dubay yig'inidan keyin ko'proq o'yin amaliyoti berishi boshladi. Oxirgi yig'inlarda holatimni yaxshilab oldim. Hozir bu haqida emas, maydonga chiqib vatan uchun jonni berish haqida o'ylash kerak.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика