Timur Kapadze Aziz G'anievni terma jamoaga qaytishi haqidagi savolga javob berdi
29 mar 08:27
Yangiliklar
Timur Kapadze Aziz G'anievni terma jamoaga qaytishi haqidagi savolga javob berdi
Bosh murabbiyimiz BAAda faoliyat olib borayotgan Aziz G'aniev haqidagi savolga javob berdi.
"Azizni biz o'yladik. U bizning ro'yxatda bor. G'aniev terma jamoaga avval ham chaqirilgandi, shunchaki avvalgi murabbiylarning taktikasiga to'g'ri kelmagan bo'lsa kerak. Uni o'yinlarini kuzatib bormoqdaman. Birinchidan, u hozirgi 3-5-2 taktikasiga mos tushmasligi mumkin. 4-3-3 taktikasida esa G'anievga ham yana boshqa futbolchilarga ham joy topilishi mumkin.
Bizda vaqt kam bo'lgani sababli ancha vaqtdan beri u termaga chaqirilgan G'anievning imkoniyatlaridan bu safar foydalanmaslikka qaror qildik. Agarda o'rtoqlik uchrashuvi bo'lganida Azizni aniq yig'inga taklif qilgan bo'lardim. Bir necha yil avval vaqtinchalik murabbiy bo'lganimda ham uni chaqirganman. Uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman, u kuchli futbolchi", — dedi Kapadze.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar