Tibo Kurtua: "Barselona" bizning natijalarimizga etibor qaratmay, o'z dunyosida yashamoqda"
25 jan 16:44
Yangiliklar
Tibo Kurtua: "Barselona" bizning natijalarimizga etibor qaratmay, o'z dunyosida yashamoqda"
Madridning "Real" klubi posboni Tibo Kurtua jamoasining so'nggi muvaffaqiyatlari va bu "Barselona"ga qanday tasir qilayotgani haqida gapirdi.
– "Barselona" "Real"ning "uyg'onishi"ni qanday qabul qilmoqda?
– Ular o'z dunyosida yashashmoqda, faqat o'z jamoasi va ish uslubiga etibor qaratishgan. Hatto bizning g'alabamizdan keyin ham ular xotirjamlikni saqlab qolishadi, — deya belgiyalik darvozabonning so'zlarini keltirmoqda "Mundo Deportivo".
Eslatib o'tamiz, 24 yanvar, shanba kuni "Real" La Liganing 21-turida "Vilyarreal"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi va 51 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib oldi. Biroq "Barselona"da (49 ochko) bitta zaxira o'yini mavjud. Bugun, 25 yanvar kuni kataloniyaliklar "Ovedo" bilan to'qnash kelishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar