The Best mukofoti: Asosiy nominaciyalar bo'yicha davogarlar ro'yxati
15 jan 2024 18:54
Yangiliklar
The Best mukofoti: Asosiy nominaciyalar bo'yicha davogarlar ro'yxati
The Best-2023 mukofotini topshirish marosimi bugun bo'lib o'tadi.
Londonda o'tkaziladigan tadbir Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadi.
FIFA talqinida yilning eng yaxshi futbolchisi nominaciyasi uchun Erling Holand ("Manchester Siti", Norvegiya terma jamoasi), Kilian Mbappe (PSJ, Franciya terma jamoasi) va Lionel Messi ("Inter Mayami", Argentina terma jamoasi) nomzod bo'ldi.
Eng yaxshi murabbiy nominaciyasi uchun Pep Gvardiola ("Manchester Siti"), Simone Inzagi ("Inter") va Luchano Spaletti ("Napoli"/Italiya) davogar.
Eng yaxshi darvozabon sovrini uchun yakuniy uch nomzod Ederson ("Manchester Siti", Braziliya terma jamoasi), Tibo Kurtua ("Real", Belgiya terma jamoasi) va Yassin Bunu ("Al Hilol", Marokash terma jamoasi) bo'ldi.
Ayollar futbolida Linda Kaysedo, Jenni Ermoso va Aytana Bonmati (yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga davogarlar) o'rtasida mukofotlar o'ynaladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar