So’nggi yangiliklar

21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  1 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  3 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  18 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  2 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  9 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  23 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  27 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  45 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  18 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  2 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1

Terri Anrining yaqin orada yangilanmaydigan besh rekordi Yangiliklar

Terri Anrining yaqin orada yangilanmaydigan besh rekordi

Franciyalik sobiq hujumchi Terri Anri faoliyatini yakunlaganiga bir yarim yildan oshdi.

Anri 20 yillik futbolchilik faoliyatida ham terma jamoa, ham klub doirasida ko'plab sovrinlar va shaxsiy sovrinlarga ega chiqdi.

U faqat bitta katta sovringa ega chiqa olmagan - Oltin to'p. Ammo 38 yoshli futbolchi shunchalik ko'p rekordlar qayd etganki ularning ko'pini yaqin orada takrorlashning imkoni deyarli yo'q.



Rekord #1.

Terri Anri besh bor (2000, 2003, 2004, 2005, 2006) Franciyada yil futbolchisi bo'lgan. Bu mamlakatning mutloq rekordi hisoblanadi

Faoliyatini tugatmagan eng yaqin taqibchilar: Karim Benzema va Frank Riberi uch martadan eng yaxshi bo'lishgan.

"Valbuena ishi" tufayli Benzema yaqin orada Franciyada yil futbolchisi bo'lmasa kerak. Riberining esa yoshi ancha katta bo'lib qoldi va uni jarohatlar ko'p qiynaydi. 33 yoshli futbolchi endi yana oldingi darajaga chiqishiga ishonish qiyin.



Rekord #2.

Franciya terma jamoasidagi eng yaxshi to'purar – 51ta gol.

Faoliyatini tugatmagan eng yaqin taqibchi: Karim Benzema – 27ta gol.

Ayni paytda Benzema yuqoridagi sabab tufayli terma jamoadan chetlatilgan. Karim qachon termaga qaytishi nomalum. Karim 27ta golni 10 yil davomida urganini hisobga olsak Anri bemalol uxlayversa bo'ladi. Benzemadan keyingi o'rinda Hali faoliyatini tugatmaganlar orasida Frank Riberi turibdi - 16.



Rekord #3.

Arsenal klubi tarixidagi eng yaxshi to'purar. Anri klub safida 9 yil o'ynab raqiblar darvozasiga jami 228ta gol urgan.

Faoliyatini tugatmagan eng yaqin taqibchi: Robin van Persi.

228ta gol albatta juda katta natija. Van Persi hisobida 132ta gol mavjud. Avgust oyida 33 yoshni qarshilaydigan gollandiyalik futbolchi London klubidan ketganiga ancha bo'ldi. Kelajakda klubga qaytishiga hech kim ishonamasa kerak.



Rekord #4.

Terri Anri Angliya Premer-Ligasiga asos solinganidan keyin to'rt marta to'purar bo'lgan (2001/2002, 2003/2004, 2004/2005 va 2005/2006).

Faoliyatini tugatmagan eng yaqin taqibchi: Robin van Persi 2 marta.

Gollandiyalik hujumchi Premer-Ligada 2 bor to'purar bo'lgan. Van Persi ayni paytda Turkiyada o'ynamoqda va yaqin orada Angliyaga qaytishi so'roq ostida? Qaytgan taqdirda ham to'purar bo'la oladimi. Rostini aytsak van Persidan ko'ra hozircha bir marta to'purar bo'lgan Serxio Aguero Anrining rekordiga yaqinlashishi haqiqatga yaqin bo'lsa kerak. Biroq yaqin yillar ichida Terri bu rekordni ham hech kimga bermasligi aniq.



Rekord #5.

Anri Angliyada futbol jurnalistlari Associaciyasi talqiniga ko'ra uch bor eng yaxshi futbolchi bo'lgan – 2003, 2004, 2006.

Ushbu sovrin 69 yildan buyon topshirib kelinadi. Faqat 8 futbolchi sovringa bir martadan ko'p ega bo'lishgan. Anri uch bor jurnalistlar etirofiga sazovor bo'lgan dunyodagi yakkayu yagona odam.

Biroq Terri aynan mana shu rekordidan xavfsirashi mumkin. Barcha gap Krishtianu Ronalduda. Portugaliyalik futbolchi APLga qaytishni istab qolsa rekord qo'ldan ketishi mumkin. Sababi u Yunaytedda o'ynab yurganida ikki bor (2007 va 2008 yillarda) eng yaxshi bo'la olgan. Ronaldu 30 yoshdan oshgan bo'lsa ham istalgan sovrinni yuta olishiga ko'pchilik shubha qilmay qo'ygani rost.
 


Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика