O'zbekistonning Kuvayt va Urugvay bilan o'yinlar uchun tarkibi malum
03 okt 17:54
Yangiliklar


O'zbekistonning Kuvayt va Urugvay bilan o'yinlar uchun tarkibi malum
Terma jamoa 9 oktyabr kuni Toshkentda Kuvayt bilan, 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay terma jamoasi bilan o'ynaydi.
Oktyabr oyidagi yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:
Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor")
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Farruh Sayfiev ("Neftchi"), Muhammadqodir Hamraliev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Dilshod Saitov ("Paxtakor")
Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy ("Baniyas", BAA), Abdurauf Bo'riev ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Traktor", Eron), Azizjon G'aniev ("Al Bataeh", BAA), Umarali Rahmonaliev ("Sabah", Ozarbayjon), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Baniyas", BAA), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Abbosbek Fayzullaev ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Anvar Hojimirzaev ("Dinamo")
Hujumchilar: Rustam Turdimurodov ("Surxon"), Eldor Shomurodov ("Istanbul Bashakshexir", Turkiya), Igor Sergeev ("Paxtakor")
Eslatib o'tamiz, O'tkir Yusupov, Husniddin Aliqulov, Abduqodir Husanov, Diyor Xolmatov va Jaloliddin Masharipov jarohat tufayli qaydnomadan tushib qolgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Ашурматов ва Отабек шукуров уйин амалиёти йук уйинчилар
Турдимуродов нечта уйинки хали чемпионатда гол уролмаяпти.агар шу уйинчилар асосийда тушса мурабийда хали тажриба йетарли эмас....