Lamin Yamal 2-3 haftaga safdan chiqdi
03 okt 2025 19:49
Yangiliklar
Lamin Yamal 2-3 haftaga safdan chiqdi
Lamin Yamal kuni kecha Chempionlar Ligasi doirasida PSJga qarshi to'liq harakat qildi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, o'yindan so'ng 18 yoshli futbolchi o'zining qovuq qismida jiddiy noqulaylik his qilgan. Ushbu muammo tufayli Lamin avvalroq bir necha haftani o'tkazib yuborgan va bu vaqt ichida "Barselona"ning 4 uchrashuvida qatnashmagandi.
Manbaga ko'ra, Yamal Ispaniya chempionati doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi va terma jamoa yig'iniga bormaydi.
"Sevilya" va "Barselona" o'rtasidagi La Liga o'yini 5 oktyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar