Arteta: "Darvozani daxlsiz saqlaganimizdan juda xursandmiz"
02 okt 17:12
Yangiliklar
Arteta: "Darvozani daxlsiz saqlaganimizdan juda xursandmiz"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar Ligasining 2-turida "Olimpiakos" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida to'xtaldi.
"Bunday qiyin raqibga qarshi g'alaba qozonganimiz va darvozani daxlsiz saqlaganimizdan juda xursandmiz. O'ylaymanki, biz juda yaxshi boshladik. Gol urdik, keyin bizda ajoyib imkoniyatlar bo'ldi, ECHLda ulardan unumli foydalanish kerak, aks holda mag'lub bo'lish hech gap emas. O'yin ochiq o'tdi. David Rayya ajoyib seyv amalga oshirdi, ammo bu o'yin uchun barcha yigitlarga rahmat aytishimiz kerak", – dedi Arteta.
"Arsenal" hisobida 6 ochko bor va turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. "Olimpiakos" esa 1 ochko bilan 29-pog'onada ketmoqda.
Greciya klubi 3-turda "Barselona" bilan, "Arsenal" esa "Atletiko" bilan ro'baro' keladi. Har ikki o'yin 21 oktyabr kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar