"Manchester Yunayted" Amorimga mavsum oxirigacha vaqt berishga tayyor
03 okt 15:55
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Amorimga mavsum oxirigacha vaqt berishga tayyor
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimni ishdan bo'shatish masalasi hatto ko'rib chiqilmagan.
"Instant Football" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" xo'jayini Jim Retkliff jamoa "Sanderlend"ga mag'lub bo'lgan taqdirda ham Amorimning ishdan bo'shatilishi mumkin emasligini aytdi.
Klub kelajagi borasida bir qarorga kelgunga qadar murabbiyga mavsum oxirigacha vaqt berish niyatida. Yomon natijalar va muxlislar tanqidiga qaramay, klub rahbariyati sabrli bo'lishga va murabbiyning uzoq muddatdagi faoliyatini baholashga rozi.
MYU APLning 6 turidan keyin 7 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda. "Qizil iblislar" 4 oktyabr kuni APL doirasida "Sanderlend" bilan o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar