Mbappe Vinisiusning xudbinligidan norozi
03 okt 17:38
Yangiliklar
Mbappe Vinisiusning xudbinligidan norozi
Chempionlar Ligasi doirasidagi "Qayrat"ga (5:0) qarshi o'yinda xet-trik qayd etgan "Real" yulduzi Kilian Mbappe hujumdagi sherigi Vinisius Juniorning xatti-harakatidan norozi.
"El Nacional" xabariga ko'ra, franciyalik hujumchi bosh murabbiy Xabi Alonsoga braziliyalikning haddan tashqari individualligi va kerak bo'lganda unga pas bermayotganidan shikoyat qilgan.
Mbappening fikricha, Vinisius o'zini jamoadan ustun qo'yib, ko'pincha pas berishdan qochadi va vaziyatlarnin yakka o'zi hal qilishga harakat qiladi.
Xabar qilinishicha, Mbappe Alonsodan braziliyalik futbolchi bilan bu masalani muhokama qilishni so'ragan va undan jamoaviy o'yin ko'rsatishni so'rashini talab qilgan. Shuningdek, takidlanishicha, "qaymoqranglilar" etakchilari o'rtasidagi munosabatlar keskin tus olgan va ular mojaroga aylanib ketishi mumkin.
Mbappe joriy mavsum madridliklar safida barcha musobaqalarda 13 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar