APL raisi ligalar o'yin taqvimi bo'yicha FIFA bilan kurashayotganini takidladi
03 okt 17:10
Yangiliklar


APL raisi ligalar o'yin taqvimi bo'yicha FIFA bilan kurashayotganini takidladi
Futbol uchrashuvlari taqvimi masalasi FIFA, ligalar va futbolchilar o'rtasidagi bahsli mavzu.
APL ham jahon futbolining boshqaruv organi bilan davom etayotgan kurashni qayd etmoqda.
Premer-liga raisi Richard Masters FIFA klublar talablarini etiborsiz qoldirishda davom etayotganini, tashkilot UEFA bilan birgalikda o'yinlar taqvimini kengaytirayotganini bildirdi. Bu haqda "The Athletic" malum qildi.
APL taqvimi 1994 yildan beri o'zgarmadi, ammo xalqaro o'zgarishlar ligani qishki tanaffus va Angliya Kubogidagi javob o'yinlaridan voz kechishga majbur qildi.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilning kuzidan sentyabr va oktyabr xalqaro oynalari yagona oynaga birlashtiriladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar