So’nggi yangiliklar

07:25ОЧЛ-2. "Насаф" жамоаси сафарда "Шабаб Ал-Аҳли" клубига мағлуб бўлди. Азмун уч дақиқа ичида иккита гол урди.  0 03:05АПЛ. "Арсенал" бурчак зарбаларидан урилган голлар эвазига "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:59ЛаЛига. Мбаппе пенальтидан гол ура олмаган ўйинда "Реал" мағлуб бўлди  28 02:30АПЛ. "Манчестер Сити"да ниҳоят ғалаба, "Ньюкасл" — "Ливерпуль" ўйинида 6та гол ва "Челси"дан йирик ғалаба  17 01:57Турк футболчисига МЮ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва ПСЖ қизиқмоқда  0 01:32Жаҳонгир Ортиқхўжаев, "Пахтакор" янги бош мураббийи ва Максим Шацких иштирокидаги матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 00:37Куртуа "Реал" билан шартномани узайтирмоқчи. Дарвозабоннинг вакиллари Саудия Арабистонидан қизиқиш ҳақида билишмайди  1 00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Юнайтед" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  20 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  122 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  3 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8

"Termizdagi o'yin 17:00da boshlanyapti. Bunday oftobda muxlislarga futbol kerakmi?". AGMKda ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan Sanjar Tursunov bilan intervyu Yangiliklar

"Termizdagi o'yin 17:00da boshlanyapti. Bunday oftobda muxlislarga futbol kerakmi?". AGMKda ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan Sanjar Tursunov bilan intervyu

Olmaliqning AGMK jamoasi bu mavsum o'z tarixida ilk bor OCHL guruh bosqichida ishtirok etdi.

Musobaqa guruh bosqichidan ortga qaytgan olmaliqliklar ichki chempionat doirasida bir nechta uchrashuvlarda maydonga tushishdi. "Turon", "Surxon" bilan safardagi uchrashuvlarda qiyinchilik bilan g'alaba qozongan bo'lsa, Muborakda "Mashal" maydonida mag'lubiyatga uchradi, o'z maydonida "Bunyodkor" ustidan zafar quchdi. Albatta qisqa fursatda ketma-ket o'yinlar o'tkazish futbolchilarning jismoniy holatiga tasir qilishi tabiiy. Yaqinda shu va boshqa mavzular yuzasidan AGMKning etakchisi, sardori Sanjar Tursunovni suhbatga chorladik.

-  OCHL va chempionat o'yinlaridan so'ng hozirda tiklanish jarayoni qanday ketmoqda... 

-  CHempionlar ligasidan kelib Superliga bahslariga kirishib ketish qiyin bo'ldi. OCHLda O'zbekiston uchun o'ynadik.  Qancha ochko jamg'argan bo'lsak ham, O'zbekistonga malum bir koefficentlarni olib berdik. Qaytib kelib tiklanish murakkab kechdi. Har uch kunda maydonga tushdik. OCHL sababli taqvim tig'iz ko'rinish oldi. Ko'p kuch yo'qotdik, desam mubolag'a bo'lmaydi. Termizda "Surxon" bilan kechgan o'yin soat 17:00da boshlandi. O'zingiz o'ylab ko'ring. Boz ustiga uchrashuv ro'za kuniga to'g'ri kelib qoldi. Mayli biz o'z o'yinimizni o'tkazib oldik. Biroq u erda stadionga kelgan ko'plab muxlislarni o'ylash kerak. Bunday oftobda ularga futbol kerakmi, degan savol tug'iladi. Agarda shu o'yinni Olmaliqqa ko'chirilganida kechki soat 19:00da o'ynagan bo'lardik, muxlislar ham futbol tomosha qilar olardi. Uchrashuvlarning 19:00, 20:00dan keyin o'tkazilishi tarafdoriman. "Surxon"ga bu borada taklif kiritildi. Nima uchundir buni qabul qilishmadi. Mayli o'yin o'tib ketdi. Agarda futbolimizni rivojlantirishni istasak, soat 17:00da o'yin o'tkazmasligimiz lozim. Bu erda avvalo muxlis manfaati yotibdi. Ularning ayrimlari kelishmaydi. Bunday sharoitda muxlislar tashrif buyurmasa, jamoalar o'ynay olmasa, futbolimiz oldinga emas orqaga ketishni boshlaydi. Bahona qilmoqchi emasman. "Surxon" bilan bahsda ikki karra motivaciya bilan o'ynadik va g'alaba qozondik.

- Jamoa sardori va etakchisi sifatida AGMKning OCHLdagi ishtiroki haqida fikr bildirsangiz. Birinchi turdagi "Al Hilol" bilan qayd etilgan 2:2 hisobidagi durangdan so'ng ko'pchilik jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholadi. "Istiqlol" bilan bahsda futbolchilar oson g'alaba qozonishni o'ylagandek ko'rindi va yakunda mag'lubiyatga uchradi...

- Guruhdan chiqish uchun imkoniyatimiz bor edi. Ikkinchi turdagi mag'lubiyatdan keyin ham imkoniyat saqlanib qolingandi. Barchasiga o'zimiz aybdormiz. Qaysidir manoda biroz omad ham bizdan yuz o'girdi. OCHLdagi debyutimizni yaxshi, deb bo'lmaydi-ku, lekin katta tajriba to'pladik. 

- Baribir Saudiya Arabistoni jamoalari bilan o'zbek klublarini taqqoslab bo'lmaydi. Ammo OCHLda ko'rdik, harakat qilsa natijani qo'lga kiritish mumkin ekan. Nima deb o'ylaysiz klublarimiz yaqin yillarda "Al Hilol" kabi jamoalarini mag'lub eta olishga qodirmi? 

- Harakat qilsa, yutsa bo'ladi. Bir narsani aytish kerak, O'zbekiston chempionatining Saudiya Arabistoni chempionatiga etib olishiga ancha bor. Birinchidan stadionlar, ikkinchidan sharoitlar, o'yinlardan keyingi tiklanish borasida ortdamiz. Saudiya Arabistoni klublari bilan o'ynay olamiz. Faqatgina 1-2 ta bahsga bor kuchni to'plab to'p tepa olishimiz mumkin. Keyinchalik mayda detallar yuzaga chiqishni boshlaydi. Vitaminizaciya va hokazo. Masalan, Koreya birinchi ligasi jamoalarida o'yinga tayyorgarlik va bahsdan keyingi tiklanishga katta etibor qaratiladi. Buni to'g'ri qabul qilish kerak. 

- Klublarimiz qatori mana endi terma jamoamiz ham saralash o'yinlarini Saudiya Arabistonida o'tkazadi. Bu borada ularda tashkilotchilik qanday ekan? Bazida OFK Saudiya Arabistoniga yon bosmoqda, degan fikrlar ham yuzaga keladi...

- Saudiya Arabistoniga yon bosayotgani haqida hech narsa deya olmayman. Terma jamoamiz uchta o'yinga jangovar ruhda tayyorlansa, barcha raqiblarini mag'lub eta oladi, deb o'ylayman. Terma jamoa o'z nomi bilan terma jamoa.

- Bilasiz, bizda 30 yoshdan oshgan futbolchilarni qariyaga chiqarish odat tusiga kirgan. Lekin mana siz AGMKda yuqori sport formasida o'ynamoqdasiz, gollar uryapsiz. Ko'p narsa futbolchining o'ziga bog'liqmi yoki O'zbekistondagi futbol muhitigami? 

- Bu fikringizga qo'shilmayman. To'g'risini aytganda aksariyat futbolchilar 30 yoshdan so'ng ikkinchi yoshligini o'tkazadi. O'zbekistonda bunday odat qachon chiqarilgan, bilmadim. O'sha 33-34 yoshdagi futbolchilar bizning 20 yoshdagi o'yinchilar bilan bir xil yugurishadi. Kerak bo'lsa ulardan ham ko'p yuguradi. Men hech qachon pasportga etibor bermayman. Agarda kimdir men bilan bahslashadigan bo'lsa, statistikani ochib qarasin. Gohida yosh futbolchi harakat qilmasa, yoshi katta ijrochi ko'p foyda keltirishi mumkin. SHuning uchun jamoalar yoshi katta futbolchilarni saqlab qolishga harakat qilishadi. Ayni paytda o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Hali ko'p yillar to'p tepishimga ko'zim etyapti. 

- O'zbekiston milliy terma jamoasini Saudiya Arabistonida 3ta hal qiluvchi bahslar kutmoqda. Barcha mezbonlardan xayiqib turibdi. Qisman ishonchsizlik ham bor. Lekin Saudiya Arabistoni chaqilmas "yong'oq" emas. Ularni oldin ham yutganmiz. Vakillarimizga yordam beradigan asosiy narsa nima?

- Ko'p narsa ruhiy tayyorgarlikka bog'liq. Yaman va Singapurga qarshi bahslar ham oson o'tmaydi.  Hamma uchrashuvga jiddiy qarash kerak. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика