Ter SHtegen: "Men yozda "Barselona"dan ketmayman"
02 iyu 2020 18:24
Yangiliklar
Ter SHtegen: "Men yozda "Barselona"dan ketmayman"
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen yozda klubdan ketishi haqidagi gap-so'zlarga izoh berdi.
Oldinroq, ter SHtegenning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirishida muammolar bo'layotgani haqida aytilgan edi. Germaniyalikning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
"Men yozda "Barselona"dan ketmayman. Men o'zimni oilam kabi yaxshi his qilyapman. Yangi shartnomamga kelsak, agentim va klub o'rtasida ilk uchrashuv bo'lib o'tdi", - deydi ter SHtegen.
Posbon joriy mavsum "Barselona" safida 34ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan shuncha to'p o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar