So’nggi yangiliklar

13:42Салоҳ Римга қайтади?! "Рома"да сенсацион трансфер муҳокама қилинмоқда  0 13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  3 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  4 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  11 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0

Temur Kapadze: “Bugun stadionga tashrif buyurib, bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytamiz” Yangiliklar

Temur Kapadze: “Bugun stadionga tashrif buyurib, bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytamiz”

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi 1-tur doirasidan o'rin olgan O'zbekiston va Turkmaniston jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda bo'lajak Olimpiyachilarimiz bosh murabbiyi Temur Kapadze va Hojimat Erkinov ishtirok etib, g'alaba haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

“O'yin qiyin bo'lishini bilar edik. Birinchi uchrashuv doim shunaqa bo'lgan. Eng muhimi g'alaba qozondik. Bu bilan hammani tabriklayman. O'yin davomida ko'p imkoniyatlar bo'ldi. Ko'p vaziyatlarda bizga gol etishmadi. Turkmaniston yaxshi himoyalana oldi. Ayniqsa, ularning darvozaboni ancha vaziyatda alo darajada harakat qildi”, – deya taassurotlari bilan ulashdi T.Kapadze.

“Butun xalqimizni ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Turkmaniston kuchli himoyalandi, vaziyatlarimizdan foydalana olganimizda, yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lar edik”, – dedi Hojimat Erkinov.

– Barcha jamoalarda birinchi o'yinda  kuchli hayajon seziladi. O'yin oldidan uni engish uchun ruhiy holat bo'yicha ko'rsatma berilganmidi?

– Bu normal holat. Ayniqsa, yoshlarda ko'p uchrab turadi. Bunaqa saviyadagi musobaqada bu tabiiy. Ko'rib turganingizdek, muxlislarning ham ko'pligi hayajonni kuchaytirdi. Bugun stadionga tashrif buyurib, bizni qo'llab turgan minglab tomoshabinlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. (T.Kapadze)

– Jaloliddov jarohat olib maydonni tark etdi. Ahvoli qanday?

– Bu jarohat emas, charchoq alomati deb o'ylayapmiz. Ko'p harakat qilganidan unda tomir tortishish holati kuzatildi. Yana bugun shifokorlar bilan uning ahvolini yaxshilab ko'rib chiqamiz. (T.Kapadze)

– Bugun standart vaziyatlardan foydalanishda ish yurishmadi. Keyingi o'yinlargacha bu xatolar ustida ishlanadimi?

– Bu borada mashg'ulotlarda ancha ishlaganmiz. Ko'rganingizdek, raqib jamoa ham kuchli himoya bilan hujum va paslarimizni bartaraf etdi. Keyingi o'yinlarda kombinaciyalar samarasini berishiga ishonaman. (T.Kapadze)

– Keyingi uchrashuv haqida . . .

– Qatar va Eronning o'yinlarini o'rganib chiqdik. Bu musobaqada kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Jamoaga boshqa klubdan yangi qo'shilgan yigitlar bilan oldinga qo'yilgan vazifani uddalaymiz.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика