Tebas lavozimidan chetlatilishi mumkinliginidan xavotirlanmayapti. "Real" La Liga prezidenti ustidan shikoyat kiritgandi
23 apr 22:30
Yangiliklar
Tebas lavozimidan chetlatilishi mumkinliginidan xavotirlanmayapti. "Real" La Liga prezidenti ustidan shikoyat kiritgandi
La Liga prezidenti Xaver Tebas Madridning "Real" klubining maxfiy malumotlarni tarqatganlik bo'yicha ayblovlari ortidan o'z lavozimidan chetlatilishi mumkinligi haqida tashvishlanmayotganini malum qildi.
"Yo'q, men ishdan ketish bo'yicha xavotirda emasman. Menga nisbatan sankciyalar qo'llaniladi deb ham o'ylamayman. Meni ko'proq Sport bo'yicha mamuriy tribunalga shikoyatlarning kelib tushish shakli tashvishga solmoqda. Majlislarning noto'g'ri bayonnomalari va shunga o'xshash boshqa narsalar juda shubhali", -deydi Xaver Tebas.
Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" Tebasni mahfiy malumotlarni tarqatganlikda ayblab, Sport bo'yicha mamuriy tribunalga (TAD) shikoyat ilgan edi. Oliy sport qo'mitasining sobiq raisi Migel Anxel Galan esa agar Tebas aybdor deb topilsa, uning lavozimidan chetlatilishi ehtimoli yuqori ekanligini takidlagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar