Tayson Fyuri: “Ronaldusiz ikkinchi bo'lgandik, u bilan esa APLni 6-o'rinda tugatdik”
19 iyu 2022 09:40
Yangiliklar
Tayson Fyuri: “Ronaldusiz ikkinchi bo'lgandik, u bilan esa APLni 6-o'rinda tugatdik”
Fyuri “qizil iblislar”ning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.
“Yaxshi xabar shuki, Ronaldu qoladi, ammo boshqa masala bor: o'tgan yil u bu erda bo'lmaganida “Manchester Yunayted” APLda 2-o'rinni egalladi, keyin esa Ronaldu qaytdi hamda chempionatni oltinchi bo'lib yakunladik.
Ko'pchilik: “Agar u 20 ta gol urmaganida, yakunlangan mavsumni bundan yomonroq tugatardik”, deyishmoqda, lekin undan oldingi mavsumda bunday bo'lmagandi va biz ancha yuqori natija ko'rsatgandik. Agar sizda Ronaldu kabi super yulduz bo'lsa, barcha uning gollariga urg'u beradi, agar u bo'lmaganda, futbolchilarning o'zlari gol urishgan bo'lardi. Ronaldu tufayli pasayish bo'ldi deb aytmoqchimasman, u qoyilmaqom o'yinchi, ammo yosh iqtidorlar yulduz futbolchining soyasida qolib ketmoqda, ularda o'zini ko'rsatish uchun imkon bo'lmayapti, chunki “buyuk Ronaldu” maydonda harakat qilmoqda”, deydi Fyuri.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar