So’nggi yangiliklar

19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  10 19:05Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 1:0 (Матнли трансляция)  5 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Tarixda bugun: 19 yoshli Krimecning 88-daqiqadagi goli "Paxtakor"ga OCHLda g'alaba keltirgan o'yin Yangiliklar

Tarixda bugun: 19 yoshli Krimecning 88-daqiqadagi goli "Paxtakor"ga OCHLda g'alaba keltirgan o'yin

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: Yomg'irli kecha, hisobga olinmagan gol, "Kung-fu Panda" va 90-daqiqadagi gol

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2011 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "B" guruhidan joy olgan "Paxtakor" "Al Nasr" (S.Arabistoni), "Istiqlol" (Eron) va "Al Sadd" (Qatar) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. Afsuski, o'shanda "sherlar" guruhda 5 ochko bilan so'nggi pog'onani egallashgan.

OCHL-2011 guruh bosqichining 4-turida "Paxtakor" o'z maydonlarida "Istiqlol"ni qabul qilgan. O'sha uchrashuvda 19 yoshli Egor Krimecning 88-daqiqada kiritgan goli mezbonlarga guruhdagi yagona g'alabani taqdim etgan.

P.S. 9 yil oldingi o'yindan tarixiy suratlarni taqdim etgan taniqli fotograf Hasan Pirmuhammedovga alohida minnatdorchilik bildiramiz.


OCHL, "B" guruhi
4-tur
, 19.04.2011
Toshkent, "Paxtakor" markaziy stadioni, 7000 tomoshabin
"Paxtakor" - "Istiqlol" 2:1
Bosh hakam:
Yuichi Nishimura (Yaponiya)
Gollar: S.Andreev 29, E.Krimec 88 - A.Borhani 45

"Paxtakor": 1.Nikita Ribkin, 27.Ilhom Suyunov, 21.Kamoliddin Tojiev, 2.Egor Krimec, 5.Akbar Ismatullaev, 7.Kaxi Maxaradze, 29.Vladimir Kozak, 28.Stanislav Andreev, 14.SHerzod Karimov (12.Temur Kagirov, 90), 25.Dushan Savich (16.Akmal Xolmurodov, 90), 23.Alisher Azizov (18.Sanat SHixov, 72).
Zaxira: 33.Eldor Tojiboev, 6.Murod Xolmuhammedov, 24.Davron Hoshimov, 19.Bekzod Mirhaydarov.

"Istiqlol": 22.M.Muhammadi, 33.P.Muntazori, 2.A.Sadegi, 31.J.SHirzoda, 4.H.Omranzoda, 32.Hovar Mulla Muhammad (6.H.SHakuri, 87), 14.K.Rahmati, 8.M.Jabbori, 17.F.Ashoobi, 9.A.Borhani (37.E.SHarifat, 84), 7.F.Majidi (12.M.Salehi, 81).

Ogohlantirishlar: E.Krimec 14, I.Suyunov 68 - H.Omranzoda 65, A.Borhani 71
CHetlatish: H.Omranzoda 86

7000 tomoshabin kelgan o'sha kungi bahsni yaponiyalik Yuichi Nishimura boshqarib borgan.


O'sha paytda 19 yoshda bo'lgan Egor Krimec hamda 18 yoshli Vladimir Kozak hozir ham "Paxtakor"da.


"Paxtakor" ustozi Ravshan Haydarov.


Andreev to'pni Murtazo Jabboriga bermaslikka urinmoqda.


"Paxtakor" sardori Ilhom Suyunov to'p bilan.


Uchrashuvda hisobni 29-daqiqada Stanislav Andreev ochgandi.

Andreev o'sha mavsum OCHLda ikkita gol urgandi.



Nishimura)))


Yosh Kozak o'z avlodining eng kuchli o'yinchisi edi.


"Paxtakor" darvozabonlar murabbiyi Anvar Rashidov.


"SHerlar"ga juda ko'p foydasi tekkan legioner Kaxi Maxaradze.


SHerzod Karimov OCHL-2011da bitta gol urgandi.


To'p uchun kurashda Kozak va Kianush Rahmati.


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика