Tailand bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi o'yin orqali kuchimizni sinaymiz"
11 iyu 2022 19:55
Yangiliklar
Tailand bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi o'yin orqali kuchimizni sinaymiz"
Osiyo Kubogi 3-saralash bosqichi "C" guruhi 2-turi doirasidagi SHri-Lanka – Tailand o'yini (0:2) bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdan so'ng Tailand bosh murabbiyi Aleksandr Polking fikrlarini bildirdi.
"Bilaman, himoyalanish futbolning bir bo'lagi, biroq o'ta chuqur himoyadagi jamoaga qarshi o'yin ko'rsatish qiyin. Ko'pgina imkoniyatlar yaratdik, faqatgina ikkitasidan foydalana oldik. O'ylashimcha, Osiyo Kubogiga chiqish uchun bizda etarli ochko mavjud", – dedi murabbiy.
- O'zbekistonga qarshi o'yindan nimalar kutyapsiz?
- Albatta, O'zbekistonga qarshi o'yin orqali kuchimizni sinaymiz. Bo'lajak o'yinda bor imkoniyatlarimizni ishga solishga harakat qilamiz.
- Kelgusi bahsda jangovar tarkib maydonga tushadimi yoki zaxiradagi o'yinchilarga imkoniyat berasizmi?
- Biz eng kuchli jamoamizni maydonga tashlashga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar