So’nggi yangiliklar

15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  0 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  8 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  16 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  7 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  11 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  31 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  4 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2

"Surxon", "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Rostov" va Italiyaning "Komo" jamoasi – ularni nima birlashtiradi? Ularning har birida "qo'g'irchoq murabbiy" bor Yangiliklar

"Surxon", "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Rostov" va Italiyaning "Komo" jamoasi – ularni nima birlashtiradi? Ularning har birida "qo'g'irchoq murabbiy" bor

Jamoa bosh murabbiyi hech nimani hal qilmagan va faqatgina "qog'ozda" bosh bo'lgan holatlarni eslaymiz.

O'zbekistonda so'nggi vaqtlar jamoa bosh murabbiyligida de-yure bir odam, uni boshqaradigan esa umuman boshqa inson bo'lgan holatlar bo'lmoqda. Bu turli xil sabablarga ko'ra ro'y beradi – bu "bosh" murabbiyda kerakli murabbiylik licenziyasi bo'lmagan va "qo'g'irchok murabbiy"da bor bo'lgan holat.


"Surxon"

Termiz klubi hammadan oldinlab ketdi. Birinchidan, ular faqatgina qog'ozda ham "Termiz klubi". Aslida, "Surxon" uchinchi mavsumdirki Toshkent va boshqa shaharlarda o'ynamoqda. Termizliklar 2022 yilda "Jar" (Toshkent), "OKMK sport majmuasi" (Olmaliq) va "Dinamo" (Samarqand) stadionlarida o'ynashdi. "Surxon" 2023 yilgi mavsum o'z uy o'yinlarini "Paxtakor" stadionida o'tkazdi. Ehtimol termizliklar joriy mavsumning ikkinchi davrasida o'z uylariga qaytar, ammo bu aniq emas.

Murabbiylarga kelsak, klubdan ispan mutaxassislari ketganidan so'ng "Surxon"da murabbiylar qo'nimsizligi boshlandi. 2023 yilning boshida jamoaga rasman Sergey Arslanov tayinlandi – yosh va deyarli hech kimga taniqli bo'lmagan murabbiy. SHu bilan birga, termizliklarning bosh murabbiyi Sergey Tokov bo'lib qoldi. Ha, Arslanov ham, Tokov ham bir necha bor ularda "murabbiylik tandemi" ekanligini qayd etishdi, ammo "Surxon"dagi vaziyatdan xabardorlar klubda Tokovning mavqei Arslanovnikidan balandroq ekanligini aytishdi. Matn boshida qayd etganimdek, bu Sergey Arslanovda Superliga klubida bosh murabbiy bo'lish uchun kerakli murabbiylik licenziyasi borligi, Tokovda esa yo'qligi bilan bog'liq holat.

Ammo, bu bilan barchasi tugamadi. 2023 yilning so'nggida "Surxon"da bosh murabbiy boshqa inson – Stanislav Kudryashov ekanligi malum bo'ldi. U Arslanov/Tokov tandemida klubda edi va etarlicha katta rol o'ynagan. O'shanda Championat.Asia Tokovning "Surxon"dan ketgani va "Navbahor"da Samvel Babayanning murabbiylar shtabiga qo'shilishini xabar qilgandi, ammo bu ro'y bermadi.

2024 yilgi mavsumning boshida "Surxon"ni hech kim kutmaganda Fevzi Davletov qabul qilib oldi. Tarixda futbolchi sifatida tanish bo'lgan inson bunga qadar hech qaerda bosh murabbiy bo'lib ishlamagan. Sobiq "bosh murabbiy" Sergey Arslanov keyinroq selekcioner murabbiy etib tayinlandi, ammo bir qancha vaqt o'tib "Neftchi"ga ketdi (u Vitaliy Levchenkoning yordamchisiga aylandi).

Hozirda "Surxon" bosh murabbiyi de-fakto Stanislav Kudryashov hisoblanadi. Fevzi Davletov o'yindan so'ng jurnalistlarning savollariga javob qaytarishga masul.


"Lokomotiv"

Murabbiylar qo'nimsizligi "Lokomotiv"da ham ro'y bermoqda. Qachonlardir mamlakat chempioni bo'lgan klub bir yarim yil ichida to'rt bor bosh murabbiyni almashtirdi. Avvaliga jamoani Denis Korostichenko boshqardi, ammo uning o'rniga Server Jeparov tayinlandi. "Temiryo'lchilar" uning qo'l ostida kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq mojaroga aralashib qoldi va Superligani tark etdi, shundan so'ng Korostichenko klubga qaytdi. Denis Vladimirovich "Lokomotiv"ni o'zbek futboli elitasiga qaytara oldi, ammo klub bu uchun unga navbatdagi istefo bilan minnatdorchilik bildirdi va jamoani Aleksandr Stoymirovich qabul qilib oldi.

Serbiyalik mutaxassis bunga qadar hech qaerda bosh murabbiy bo'lib ishlamagan. U Mirjalol Qosimov qo'l ostida OKMKda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha va assistent murabbiy edi. Ammo, Stoymirovich tajriba to'pladi va o'zini jamoani boshqarish uchun imkoniyat olishga loyiq deb topdi. Ammo, keyingi masala buning uchun kerakli licenziya yo'qligi bo'ldi. Aleksandr 2023 yilning noyabrida Championat.Asia'ga bergan intervyusida "Licenziya yo'qligi muammo emas. Pro licenzciyasini olishim mumkin" degandi.

2024 yilning boshida Stoymirovichda haligacha licenziya yo'q edi, shu sabab bosh murabbiylikka kimni "tayinlash" masalasi chiqdi. Tanlov esa biroz oldinroq muammoli "Turon" bilan Superligani tark etgan Yorqin Nazarov bo'ldi.

"Temiryo'lchilar" "Surxon"dan farqli ravishda Nazarov klubda hech narsani hal qilmasligini aytishdan uyalishmaydi. Matbuot anjumaniga rasman "katta murabbiy" lavozimidagi Aleksandr Stoymirovich keladi. O'zPFL bunga ko'zini yumdi va o'yinlardan so'ng serbiyalik mutaxassisga Nazarovning o'rniga matbuot bilan gaplashishga imkon berdi. Yorqinning qiladigan ishi – shunchaki o'yinlar paytida zaxira o'rindig'ida o'tirish.


"Bunyodkor"

"Bunyodkor"dagi vaziyat yanada qiziqroq. Jamoada ikki yil ichida sakkiz murabbiy almashdi: Viktor Karpenko, Ivan Boshkovich, Murod Otajonov, Aleksandr Krestinin, Ivan Bubalo, Anvar G'ofurov, katta Sergey Arslanov, Ilyos Zeytullaev. Zeytullaev umuman bosh murabbiylikka kelishga, undan ketishga va qaytishga ham ulgurdi. Bularning barchasi bir necha kun davomida sodir bo'ldi. Otajonov va katta Sergey Arslanov (ha, bu "Surxon"dagi Sergey Arslanovning otasi - bu ularda oilaviy) paytida klubdagi barchasini aslida Anvar G'ofurov hal qilgan. U bir necha bor unga boshqarishni berishlariga erishdi. Ammo, "Bunyodkor" rahbariyati yakunda Italiyada murabbiylik bilimlarini olgan Ilyos Zeytullaevni tanladi. Hozircha bu tajriba "qaldirg'ochlar"ga yordam bermayapti: klub haligacha Superligadagi so'nggi o'rinni egallab turibdi.


Ammo, bunday holatlar O'zbekistondan boshqa joylarda ham ro'y bergan.


Rossiya:

2016 – "Rostov" (de-yure Kirichenko/de-fakto Berdiev);

2018 – "Krasnodar" (Fomenko/Musaev);

2019 – "Torpedo" (Savichev/ Ignashevich);

2022 – "Sochi" (Tochilin/Garanin);

2022 – "Lokomotiv" (Kompper/Cinnbauer).


Franciya:

2023 – "Nicca" (Digar*).

* Dide Digar 2023 yilning yanvaridan iyuniga qadar "Nicca"da vaqtinchalik bosh murabbiylik lavozimini bajaruvchi bo'lgan. O'shanda unda Pro licenziyasi yo'q edi, shu sabab klub bu uchun har bir o'yinda 25 000 evro jarima to'lagan.


Italiya:

2024 – "Komo" (Roberts/Fabregas).



Muallif: Mister X

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика