So’nggi yangiliklar

11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  1 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  1 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  2 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  9 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  6 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  6 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0

Superliganing 4 ta klubi 2025 yilgi mavsumni qaysi arenada o'tkazishi nomalum Yangiliklar

Superliganing 4 ta klubi 2025 yilgi mavsumni qaysi arenada o'tkazishi nomalum

O'tgan yilning 11 dekabr kuni Liga OAV bilan ochiq muloqot o'tkazib, uning asosiy qismida stadionlar masalasiga to'xtalib o'tdi.

SHuningdek, 13 dekabr kuni "Superliga va Pro liga reglamenti"ga kiritilayotgan o'zgarishlar klublarga taqdim etildi. 

Malumki, Superliga ishtirokchisi bo'lgan klub yangi mavsumni qaysi stadionda o'tkazishi masalasini taqvim yilining 25 dekabr sanasiga qadar hal qilishi lozim. 11 ta klub mazkur masalani aniqlab oldi. Elitada o'ynaydigan yana 4 ta klubda esa muammolar mavjud. 

Liga "Andijon" klubining "Bobur Arena"da o'z uy uchrashuvlarini o'tkazishi masalasini anglatuvchi uch tomonlama shartnomani olgani yo'q. Klub va stadion o'rtasidagi muammo hal etilmaguniga qadar "Andijon" masalasi ochiq qoladi. Boisi, stadion klubga qarashli hisoblanmaydi. 

"Qo'qon-1912" klubi o'z uy uchrashuvlarini Qo'qon shahridagi stadionda o'tkazishini malum qilgan. Biroq mazkur stadion Superliga bellashuvlarini o'tkazish uchun Liga tomonidan qabul qilib olinmagan. O'tgan davr davomida stadion maysasi, uning drenaj va sug'orish tizimi yangilangani Ligaga malum. Stadion yoritkichlarining bugungi holati qayta o'lchanishi lozim. Ayni vaqtda eng muhim masalalalardan biri maydon atrofini sportchini jarohatlardan himoya qiluvchi qoplama bilan jihozlash hisoblanadi. Qayd etish kerak, o'tgan mavsumning may oyida "Dinamo" stadioni bilan ham xuddi shunday muammo kuzatilgan bo'lib, yakunda maydon atrofi Liga talab qilgan ko'rinishga keltirilgan va shundan keyingina "Dinamo" uy uchrashuvlarini Samarqandda o'tkazishni boshlagandi. 

"Dinamo" stadioni test tariqasida Superliganing 1 ta uchrashuvini qabul qiladi

"Buxoro" klubi o'z uy uchrashuvlarini o'tkazishni rejalashtirgan stadion joriy yilning 20 fevral sanasiga qadar tayyor bo'lishi yuzasidan kafolat bergan. Biroq Liga stadionga egalik huquqi mavjud bo'lmagan klub kafolatini qabul qilmaydi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning sentyabr oyida Buxoro viloyati hokimligi ham dekabr oyiga qadar barcha masala hal bo'lishini bildirgan bo'lsa-da, hozirga qadar stadion bilan bog'liq qator muammolar echilmagan.

"Buxoro" istisno tariqasida Pro liganing 1 ta uchrashuvini o'z shahrida o'tkazadi

Muborakning "Mashal" klubi Superliga yo'llanmasi qo'lga kiritilsa, Bahrom Vafoev stadioni elita bellashuvlarini qabul qila olmasligi masalasidan xabardor bo'lgan. SHundan kelib chiqib, klub Qarshi va Buxoro shahridagi stadionlar bilan muzokara olib borilayotganini malum qilgan. Qayd etish kerak, Qarshidagi stadiondan foydalanuvchi ikkinchi klub "SHo'rtan" bo'ldi. SHundan kelib chiqib, "Nasaf" klubiga qarashli stadionda uchinchi klub o'ynay olmaydi. Buxoro shahridagi stadion masalasida esa yuqorida to'xtalib o'tildi. 

Liga Qo'qon va Buxoro shaharlaridagi stadionlar fevral oyining birinchi o'n kunligida Superliga uchun tayyor holatga kelishiga umid bildiradi. Biroq musobaqaga qura tashlash va boshqa faktorlardan kelib chiqib, rasman qabul qilib olinmagan stadionni Superliga uchun ro'yxatdan o'tkazmaydi. Agar stadionlar joriy yilning 10 fevral sanasiga qadar Liga tomonidan qabul qilib olinsa, u holda mazkur klublar mavsumni o'z shahrida boshlashi mumkin bo'ladi. Biroq bu masala konkret hal qilinmaguniga qadar klublar Superliga talabiga javob beradigan boshqa stadionni vaqtinchalik Liga ro'yxatidan o'tkazishi lozim bo'ladi.   

SHundan kelib chiqib, "Andijon", "Buxoro", "Qo'qon-1912" va "Mashal" klublariga joriy yilning 15 yanvar sanasiga qadar so'nggi muhlat beriladi. Mana shu sanaga qadar stadion masalasi hal etilmasa, reglament talabini o'z vaqtida va keyingi ogohlantirishgacha bajarmagani uchun ularga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llaniladi. SHuningdek, Superliganing yangi mavsumini mazkur klublar faqatgina safardagi o'yinlar bilan boshlashi masalasi kun tartibiga kiritiladi. Bunda safarda majburiy ravishda o'tkazilgan o'yinlar o'rni keyinchalik to'ldirib berilmaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика