So’nggi yangiliklar

22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  7 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25

Superligadagi eng kuchli darvozabon kim? Yangiliklar

Superligadagi eng kuchli darvozabon kim?

O'zPFL matbuot xizmati Superliganing 2021 yilgi mavsumida eng ko'p "seyv" qayd etgan darvozabonni elon qildi.

Bu terma jamoamizning sobiq kiperi Ignatiy Nesterov bo'lib, u "Qizilqum"ni 26 o'yinda jami 45 bor yaqqol golli vaziyatlarda qutqarib qolgan. 

Ushbu malumot o'quvchida o'ziga xos "illyuziya" hosil qilishi mumkin: Nesterov hali ham barchadan kuchli ekan. 

Xo'sh, aslida ham shundaymi? Yaqinda 39 yoshni qarshi oladigan posbon O'zbekistonda eng yaxshisimi? Bu savollarga uzil-kesil javob berolmaymiz. Kimdir bersa ham, nisbiy bo'ladi. Biz esa shunday fikrlarga asos bo'luvchi bazi statistik malumotlarni keltirish bilan kifoyalanamiz. Xulosa o'zingizdan.

A) O'tkazilgan gollar

Eng kam to'p o'tkazgan posbon: Milan Mitrovich. "So'g'diyona" posboni mavsum davomida o'z darvozasidan atigi 8 ta to'p olib chiqdi. Yana ham aniqlashtirsak, serbiyalik golkiper 1 o'yinda o'rtacha hisobda 0,4 ta gol "qo'yib yubordi". Bu O'zbekiston chempionatidagi eng yaxshi natija. Keyingi o'rinni Sanjar Quvvatov ("Paxtakor") band qilgan — 0,6.


Eng ko'p to'p o'tkazgan posbonlar qatorida yuqorida nomini tilga olganimiz Ignatiy Nesterov ham bor (29 ta). Biroq, "qo'yib yuborilgan" gollarning o'yinlar soniga nisbatini hisoblasak, eng yomon natija Nizomiddin Ziyavutdinovda bo'ladi (o'rtacha 1,6). SHu o'rinda Nizomiddin bu mavsum faqat himoya chizig'i zaif jamoalar darvozasini qo'riqlaganini ham inobatga olish kerak: "Andijon" va "Turon" (yakunda har ikkisi quyi ligaga ravona bo'ldi).

B) "Quruq" o'yinlar

Bu borada 12 tadan o'yin bilan Mitrovich ("So'g'diyona") va Yusupov ("Navbahor") etakchi bo'ldi.


Biroq, yana ham chuqurlashsak, eng yaxshi natija Milanda ekani oydinlashadi. U maydonga tushgan bahslarning 63 foizida "So'g'diyona" darvozasiga to'p kirmagan. Mazkur ko'rsatkich Eldorbek Suyunovda 55%, Yusupovda esa 46% ga teng.


S) Seyvlar

Yuqorida aytganimizdek "qutqarishlar" soni bo'yicha eng yaxshi natija 38 yoshli Nesterovda. Ammo, yana darvozabonlarga taqdim qilingan imkoniyat va shu daqiqalar ichidagi samarali harakatlar nisbatini hisoblasak, 1-o'ringa umuman siz kutmagan kiper ko'tariladi: Dostonbek To'xtaboev. "Mashal" posboni har o'yinda o'rtacha 2,1 marotaba o'z jamoasini yaqqol golli vaziyatlarda qutqarib qoldi.


Xullas, shunaqa gaplar. Aslida yuqorida keltirilgan raqamlar ham nisbiy. CHunki darvozabonlarning statistikasi shakllanishida mudofaa chizig'i vakillarining o'rni beqiyos. Sarlavhada keltirilgan savol bo'yicha esa barchaning o'z fikri bor. Siz qanday fikrdasiz: Superliganing eng kuchli darvozaboni kim?

D-daraja: O'zbekistonda kuchli hujumchi yo'q 

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика