So’nggi yangiliklar

02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  2 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  1 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  1 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  17 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0 21:37АПЛ клуби ҳакамни танқид қилгани учун жаримага тортилди  0 20:58Испанияда қайси жамоанинг ўйинлари энг кўп томоша қилинмоқда?  1 20:39Араухо: "Кучли бўлиб қайтишга ҳаракат қиламан"  1 19:57"Манчестер Юнайтед" футболчисининг юраги операция қилинди  3

"Qizilqum" "Surxon"ni mag'lub etdi va yana peshqadam bo'lib oldi Yangiliklar

"Qizilqum" "Surxon"ni mag'lub etdi va yana peshqadam bo'lib oldi

Bugun Superliganing 2-turiga yakun yasaldi.

Turni "Qizilqum" - "Surxon" bahsi tugatib berdi. Unda Jamshid Saidov boshchiligidagi navoiyliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi va turnir jadvalida birinchi o'ringa qaytishdi.

Superliga

2-tur, 11.03.2024

Qarshi, "Markaziy" stadion. 18:30

"Qizilqum" - "Surxon" 2:1

Gollar: G.Kuhianidze (F.Jumanqo'ziev) 23, A.SHulaya 44 (pen.) - J.Abdusalomov 70 (pen.)

Bosh hakam: SHavkat Nasibullaev.

Qanot hakamlari: Akmal G'iyosov, Farhod Usmonov.

Zaxira hakami: Ravshan Abduvohidov.

VAR hakami: Firdavs Norsafarov.

AVAR hakami: Zilola Rahmatova.

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov.

Komissar: SHerzod Rajabov.

"Qizilqum": 12.Roberts Ozols, 8.Giorgi Kuhianidze (4.Ilhomjon Vahobov, 78), 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 22.SHahzodbek Rahmatullaev (79.Diyor Raxmatilloev, 73), 23.Samandar SHukurullaev, 25.Azizbek Usmonov, 27.SHahboz Jo'rabekov, 37.SHerzod Fayziev (7.Davron Anvarov, 73), 71.Jamoliddin Ubaydullaev, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (29.Salohiddin Tursunov, 81).

Zaxira: 1.Xumoyunshox Sayyotov, 9.Xumoyun Abdualimov, 24.Abduholiq Tursunov, 28.Akmaljonov Muzaffarov, 99.Asadbek Asadov.

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 2.Bobur Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 7.Doston Tursunov, 8.Humoyun SHerbo'taev, 9.Ulug'bek Hoshimov, 15.Diyor Ramazonov, 17.Jahongir Abdusalomov, 19.Muhammad Ali Abdurahmonov (77.Asadbek Karimov, 59), 27.Asilbek Jumaev, 99.Kamron Saydazimov (66.Behruz SHaydulov, 59).

Zaxira: 16.Dilshod Yo'ldoshev, 86.Davron Merganov, 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Aziz Pirmuhammadov 14.Sarvar Abduhamidov, 20.Sardor Mahmudov, 55.SHohjahon Sultonmurodov.

Qizilqum

Giorgi Kuxianidze - 23', Akaki SHulaya - 44'

Superliga. 2-tur

11/03/2024, 18:30

1
:
2
Tugadi

Surxon

Jahongir Abdusalomov - 70'

45'
90'
23'  Giorgi Kuxianidze
23'  Fayzullobek Jumanqo'ziev
44'  Akaki SHulaya
73'  Sherzod Fayziev (Davron Anvarov)
73'  SHahzod Rahmatullaev (Diyor Rahmatilloev)
78'  Giorgi Kuxianidze (Ilhom Vahobov)
81'  Fayzullobek Jumanqo'ziev (Salohiddin Tursunov)
59'  Kamron Saidazimov (Behruz SHaydulov)
59'  Muhammadali Abdurahmonov (Asadbek Karimov)
70'  Jahongir Abdusalomov

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. "Qizilqum" jadvalda yana peshqadam.

90+4 - "Surxon" oxirgi daqiqalarda bosim o'tkazishga urinmoqda.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

81 - "Qizilqum"da F.Jumanqo'ziev o'rniga S.Tursunov tushirildi.

78 - "Qizilqum"da Kuhianidze o'rniga I.Vahobov tushdi.

73 - "Qizilqum"da o'zgarishlar: SH.Fayziev o'rniga D.Anvarov, SH.Rahmatullaev o'rniga esa D.Rahmatilloev tushirildi.

72 - B.Asqarovning bosh bilan bergan zarbasini Roberts Ozols ushlab oldi.

70 - GOOOOOLLLLL!!! Jahongir Abdusalomov penaltidan hisobni qisqartirdi - 2:1.

68 - SHavkat Nasibullaev VARdagilarni eshitmoqda. "Surxon" penalti tepishi mumkin. Penalti qo'yildi, Jo'rabekov Karimovni yiqitdi.

64 - Akaki SHulaya jarohat olib yotibdi.

60 - Zarbaa, Kuhianidzening xavfli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

59 - "Surxon"da o'zgarishlar: Saydazimov o'rniga B.SHaydulov, M.Abdurahmonov o'rniga A.Karimov tushdi.

49 - S.Hamidjonovning zarbasi noaniq, termizliklar ikkinchi bo'limni faol boshlashdi, boshqa iloj ham yo'q.

46 - Abdurahmonovning zarbasi noaniq.

Ikkinchi bo'limga start berildi.

"Qizilqum"ning ikkinchi goli >>> GOL

Tanaffus! Navoiyliklar ishonchli hisob bilan kiyinish xonasiga yo'l olishmoqda.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

"Qizilqum"ning birinchi golini telegram kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin >>> GOL

44 - GOOOOOLLLLL!!! Akaki SHulaya 11 metrlikdan jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

43 - Penalti. Yuqoridagi epizodda to'p B.Asqarovning elkasiga emas, qo'liga tekkan ekan. Penalti, "Surxon" darvozasiga. To'p yonida SHulaya.

41 - VAR hakami Firdavs Norsafarov Nasibullaevni VARga chaqirdi.

40 - Xavfli vaziyat, burchakdan uzatilgan to'p Bobur Asqarovning elkasidan "Surxon" darvozasiga bordi, Potapov ushlab oldi to'pni.

31 - Ubaydullaevning pasidan keyin Jumanqo'zievning bosh bilan bergan zarbasi noaniq.

23 - GOOOOOLLLLL!!! Mezbonlar hisobni ochishmoqda, Giorgi Kuhianidze bu turda ham gol urdi. Potapov ikkinchi o'yindir-ki qo'pol xatoga yo'l qo'yib darvozasiga gol olib kelmoqda. "Surxon" posboniga nima bo'ldi bu mavsum?

20 - Zarbaaa, SHulayaning pasidan keyin Jumanqo'zievdan zarba va biroz noaniq.

18 - Zarbaa, SH.Jo'rabekovning jarimadan tepgan to'pi Potapovning o'ziga bordi.

12 - To'p uchun havodagi kurashda A.Jumaev kichik jarohat oldi.

8 - SH.Jo'rabekovning zarbasi qo'shni mahallaga uchib ketdi)

6 - Dastlabki turda "Paxtakor"dan yirik hisobda engilgan "Surxon" o'yinni faolroq boshladi.

1 - Zarba, o'yindagi birinchi zarbani navoiyliklar vingeri Akaki SHulaya 30 metrlardan berdi, biroz noaniq.

SHavkat Nasibullaev xushtagini chaldi va o'yinni boshlab berdi.

Bugungi o'yin Qarshidagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tmoqda. Jamoalar allaqachon maydonga tushib kelishdi.

Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Muborak Ramazon oyining ilk kunida sizlar uchun "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvidan matnli translyaciyani etiboringizga havola etamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика