So’nggi yangiliklar

15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  0 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  8 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  16 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  7 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  11 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  31 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  4 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2

Superliga. Yutayotgan "Qizilqum" bir kishi kam bo'lib qolgach, "Olimpik"dan to'rtta gol qabul qilib oldi Yangiliklar

Superliga. Yutayotgan "Qizilqum" bir kishi kam bo'lib qolgach, "Olimpik"dan to'rtta gol qabul qilib oldi

Bugun Superliganing 8-tur bellashuvlariga start berildi.

Superliga-2024, 8-tur

18.05.2024, 19:00

"Qizilqum" — "Olimpik" 2:4

"Markaziy" stadioni, Qarshi

Bosh hakam: To'rabek Suyunov

Qanot hakamlari: SHohruh Azamov, Islom Nosirov

Zaxira hakami: Nayim Qosimov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Zilola Rahmatova

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: 1:0 — 13, Fayzullobek Jumanqo'ziev, 1:1 — 53, Ahmadillo Muqumjonov, 1:2 — 56, Otabek Jo'raqo'ziev (Nodir Abdixoliqov), 1:3 — 69, Alisher Odilov (Ahmadillo Muqumjonov), 2:3 — 83, Giorgi Kuxianidze (penalti), 2:4 — 88, Muhsin Bozorov.

"Qizilqum": 12.Roberts Ozols, 7.Davron Anvarov, 8.Giorgi Kuxianidze, 11.Akaki SHulaya, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G'iyosov (79.Diyor Raxmatilloev, 76), 23.Samandar SHukurullaev, 25.Azizbek Usmonov (10.Elguja Lobjanidze, 46), 27.SHahboz Jo'rabekov, 71.Jamoliddin Ubaydullaev (4.Ilhom Vahobov, 59), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (22.SHahzod Rahmatullaev, 76).

Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 9.Humoyun Abdualimov, 14.Fayzulla Qambarov, 37.SHerzod Fayziev, 99.Asadbek Asadov.

"Olimpik": 99.Edem Nemanov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 7.Ibrohim Ibragimov, 8.Nodir Abdixoliqov (16.Rian Islamov, 84), 10.Farrux Muxtorov (21.Muhammadaziz Ibrohimov, 64), 11.Otabek Jo'raqo'ziev (15.Muhsin Bozorov, 84), 18.Akbar Abdirasulov (22.SHahzod Toirov, 46), 19.Ahmadillo Muqumjonov, 23.Abdurauf Bo'riev, 37.Alisher Odilov (9.Asadbek Jo'raboev, 90), 44.Asad Rahimjonov.

Zaxira: 32.Jahongir Bo'riev, 17.Jaloliddin Sodiqov, 64.Samandar Qodirov, 70.Muhammadbobir Mo'ydinov.

Ogohlantirishlar: Ibrohim Ibragimov (25), Muhammadali G'iyosov (41), Akaki SHulaya (41), Ahmadillo Muqumjonov (66).

CHetlatish: Akaki SHulaya (51, 2SK)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berildi.

88. GOL! Bir necha daqiqa avval maydonga tushirilgan Muhsin Bozorov "Qizilqum" himoyasidagi palapartishlikdan foydalangan holda raqib darvozasini ishg'ol qildi!

84. "Olimpik"da ikki o'zgarish bo'ldi.

83. GOL! Giorgi Kuxianidze 11 metrli nuqtadan Edem Nemanov qo'riqlayotgan darvozaning markaziga aniq zarba yo'lladi!

80. "Olimpik" darvozasi tomon penalti belgilandi. Mirsaidov Kuxiniadzega nisbatan qo'pollik ishlatdi deb topildi. Hakam VAR bilan suhbatlashdi va qarorini o'zgartirmadi.

76. "Qizilqum" ikkita o'zgarishga qo'l urdi.

75. "Olimpik" futbolchisining zarbasiga aniqlik etishmadi.

69 GOL! Himoyachidan to'pni qabul qilib olgan Alisher Odilov "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qilib, tablodagi hisobni ishonchli ko'rinishga keltirdi.

67. Mezbonlarda xavfli vaziyat yuzaga keldi.

66. Muqumjonov Jo'manqo'zievga nisbatan qo'polik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

64. "Olimpik"da o'zgarish sodir bo'ldi.

59. "Qizilqum" tarkibida o'zgarish ro'y berdi.

56. GOL! "Olimpik"dan kambek! Jo'raqo'ziev "Qizilqum" himoyachilarini chalg'itgan holda raqib darvozasining pastki o'ng burchagiga to'pni joylab qo'ydi!

53. GOL! Ahmadillo Muqumjonov o'tkir burchakdan jarima zarbasini "Qizilqum" darvozasi tomon aniq yo'lladi!

51. Akaki SHulaya "Olimpik" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi.

47. Muqimjonovning pasidan keyin Jo'raqo'ziev raqib darvozasini ishg'ol qilgandi, hakam o'yindan tashqari holat qayd etilganini malum qilgandi. SHunga qaramay, VAR ishga tushdi. Biroq hakamning qarori o'zgarmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Ikkala jamoa tarkibida bittadan o'zgarish ro'y berdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. ZARBA! SHulayaning burchakdan uzatgan to'piga G'iyosov bosh bilan zarba yo'lladi, Nemanov to'pni qaytardi.  

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

41. Muhammadali G'iyosov va Akaki SHulaya hakam tomonidan ogohlantirildi.

40. ZARBA! Jumanqo'ziev "Olimpik" jarima maydonining chap burchagidan kuchli zarba yo'lladi, ammo to'p yo'nalishi noaniq ko'rinish oldi.

36. SHulayaning jarimadan yo'llagan zarbasini jamoadoshi G'iyosov beli bilan qaytardi.

35. "Olimpik" futbolchilari xavfli hujum tashkillashtirdi, ammo Rahimjonovning zarbasi o'z sherigiga tegib qaytdi.

33. ZARBA! SHulayaning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Nemanov qaytardi.

29. Bo'rievga nisbatan G'iyosov fol ishlatdi.

25. Ibrohim Ibragimov SHukurullaevning yuziga urib yuborgani uchun hakam tomonidan ogohlantirildi.

22. Muxtorov yana bir to'qnashuvda ishtirok etdi, bu safar Kuxianidze unga nisbatan xavfli harakat amalga oshirdi.

19. Farrux Muxtorov hujumda "Qizilqum" futbolchisiga nisbatan fol ishlatdi.

13. GOL! SHulayaning yon chiziqdan uzatgan to'pini Jumanqo'ziev "Olimpik" darvozasiga joylab qo'ydi!

12. Raqib xatosidan foydalangan "Qizilqum" futbolchilarining hujumi Jo'rabekovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

11. "Qizilqum" himoyachisi jamoadoshi SHulayani raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chorlagandi, ammo Nemanov o'z vaqtida to'pga chiqdi.

6. "Olimpik" futbolchilarining dastlabki hujumi zarba bilan yakunlandi, ammo "Qizilqum" himoyachilari bu urinishga blok qo'yishdi.

3. Maydon markazida raqib futbolchisi bilan to'qnashuv natijasida "Qizilqum" sardori shikastlandi. Unga maydon tashqarisida tibbiy yordam ko'rsatiladi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Qizilqum" futbolchilari qizil, "Olimpik" o'yinchilari oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика