Superliga. Abdixoliqovning goli inobatga olinmagan o'yinda "Paxtakor" va "Nasaf" murosa ko'chasini tanladi
08 mar 19:10
Yangiliklar
Superliga. Abdixoliqovning goli inobatga olinmagan o'yinda "Paxtakor" va "Nasaf" murosa ko'chasini tanladi
"Paxtakor" — "Nasaf" 0:0
"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent.
Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Rustam CHoriev.
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Ruslan Serazetdinov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Jamshid Imomov
"Paxtakor": 35. Pavel Pavlyuchenko, 77. Dilshod Saitov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 2. Behruz Asqarov, 22. Umar Adhamzoda, 15. Diyor Ortiqboev, 27. Sardor Sobirxo'jaev, 8. Diyor Xolmatov, 17. Doston Hamdamov, 11. Po'latxo'ja Xoldorxonov (33. Doniyor Abdumannopov, 75), 10. Dragan CHeran.
Zaxira: 12. Vladimir Nazarov, 14. Nurlan Ibraimov, 18. Saidumarxon Saidnurullaev, 19. Sunnatilla Poyonov, 20. Dilshod Abdullaev, 24. Kirill Todorov, 31. Muhammadali Usmonov, 40. Kimi Merk.
"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 5. G'olib G'aybullaev, 6. Murod Rahmatov, 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdurahmatov (88. Marko Stanoevich, 53), 14. SHarof Muhitdinov, 20. Viktor Da Silva (10. Bobir Abdixoliqov, 53), 22. Igor Golban, 28. SHuhrat Muhammadiev (2. Alibek Davronov, 53), 32. Zoran Marushich (30. Temur CHogadze, 74), 70. Jambuli Jigauri (77. Oybek Bozorov, 74).
Zaxira: 91. Zafar Safoev, 21. Doniyor Narzullaev, 27. Islom Kenjaboev, 44. SHahzod Akramov.
Ogohlantirish: Behruz Asqarov (38), Bobir Abdixoliqov (68), Igor Golban (89), Diyor Ortiqboev (90+3).
MATNLI TRANSLYACIYA
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+5. XAVFLI VAZIYAT! CHeranning keksaygani bilindi. Serbiyalik hujumchi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda chaqqonroq harakat qila olmadi.
90+3. Ortiqboev ogohlantirildi va "Paxtakor" darvozasiga jarima zarbasi belgilandi.
90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
90. ZARBA! CHeranning jarimadan yo'llagan zarbasini Nematov qaytardi. "Nasaf" darvozabonini ijtimoiy tarmoqlarda elon qilinayotgan liderlar ro'yxatiga kiritavering.
89. Birovga qo'l ko'tarish adolatdan emas, ammo futbol hakamining qo'l ko'tarishi adolat taminlanishiga xizmat qiladi. Golban ogohlantirildi.
89. XAVFLI VAZIYAT! Nematovdan seyv!
86. Yana bir qoidabuzarlik. Maydonda norozilik hukm surmoqda. Oxirgi marta tasodifan mushugimning dumini bosib olganimdan beri bunday dramatik tomoshani ko'rmagandim.
82. "Nasaf"da xavfli jarima zarbasi yuzaga keldi. To'p yonida Muhitdinov. Xo'sh, u nimani mo'ljalga olmoqchi: darvoza to'rinimi yoki uning ortidagi bo'sh skameykaga qo'nib turgan chumchuqnimi?
79. O'yin juda shiddatli o'tmoqda, hatto to'p ham asabiy ko'rinadi.
74. "Nasaf"da ikki, "Paxtakor"da bitta o'zgarish ro'y berdi.
GOL otmen! Abduxoliqov qanotdan uzatilgan to'pga "Maradona" uslubida zarba bergani uchun hakam tomonidan sariq kartochka mukofoti bilan taqdirlandi.Bobirni "Pele" deb atashardi, aslida "Maradona" ekan-ku!
66. GOL! Mana, Abdixoliqovning 8-martga qanday sovg'a tayyorlab qo'yganini barchamiz bilib oldik. VAR vaziyatni tekshirmoqda.
64. XAVFLI VAZIYAT! Marushich Abduxoliqovni qulay vaziyatga chiqardi. Bobur esa kuli zarb bilan raqib darvozasiga havo kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Paxtakor" himoyachisi esa bu vaziyatda qarshi hujumni boshlab yuborgandi.
57. Mozgovoyga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. To'xtalishdan foydalangan futbolchilar tomoqlarini g'arg'ara qilib olishdi.
55. Xoldorxonov raqib jarima maydonida yiqildi, ammo hakam bu holat penalti belgilashga asos bo'lmasligini bildirdi.
53. "Nasaf"da birato'la uch o'zgarish sodir bo'ldi.
51. XAVFLI VAZIYAT! Mozgovoyning bosh bilan yo'llagan zarbasi "Paxtakor" muxlislarining cho'ntagidagi hapdorisini qidirishga majbur etdi.
48. Abdumajidov olisdan raqib darvozasini ishg'ol qilmoqchi bo'ldi. Ammo Nematov — "Neksiya-2".
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45. Birinchi bo'lim yakunlandi.
43. XAVFLI VAZIYAT! CHeranning diplom ishi yoqlashga arzirli uzatmasidan so'ng Hamdamov raqib darvozasini emas, raqib darvozabonini nishonga oldi va niyatiga etdi. Nematovdan seyv!
38. Asqarov Da Silva tomon "On Bak" uslubida tashlangani uchun hakam tomonidan kamroq jangovar filmlar tomosha qilish lozimligi to'g'risida ogohlantirildi.
36. XAVFLI VAZIYAT! Rahmatov boshlagan hujumni Marushich davom ettirdi, ammo u Mozgovoyni Mbappe deb o'ylab yubordi. SHu bois, "Paxtakor" darvozaboni to'pni o'yinga kiritadi.
32. XAVFLI VAZIYAT! Da Silvaning yaqin masofadan yarimqaychi uslubida yo'llagan aylanma zarbasini Pavlyuchenko egallab oldi.
28. Abdurahmatov "Kichkina demang bizni... " deya boshlanadigan naqlni amalda isbotladi. Jarima zarbasi.
25. Xolmatov Akobirxo'ja SHukurullaevga zarba yo'llash uchun pas berdi, ammo hakam o'z mahoratini namoyish etishni istamasdan, darvozabonga xos harakat amalga oshirdi.
21. Hamdamovning olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
20. Rahmatov jamoasini qarshi hujumga boshladi va o'zi davom ettirdi. Ammo hujumni yakunlaydigan "Nasaf" futbolchisi topilmadi.
16. XAVFLI VAZIYAT! Hamdamovning uzatmasidan so'ng Xoldorxonov bosh bilan zarba yo'llagandi, Nematov esa bugun o'zi quriqlab turgan chiziqdan pashshaniyam o'tkazmoqchi emasligini ko'rsatib qo'ydi.
14. O'yindagi dastlabki fol. Aslida Rahmatov raqibini bag'riga bosmoqchi edi. Faqat oyoqlari bilan.
12. Markaziy uchrashuv bo'lishiga qaramasdan, "Paxtakor" stadoni muxlislar bilan to'lib-toshgan deb ayta olmaymiz. Keling, yaxshi gumon qilamiz, stadionga kelayotganlar Toshkent ko'chalarida "probka"da qolib ketgandir, avtomobili yo'qlar esa avtobus yoki metroga sig'may qolib, keyingisini kutib turgandir.
9. "Paxtakor" futbolchisining zarbasi Toshkent ob-havosi singari ko'rinish oldi.
6. Mezbonlarning burchakdan uzatmasi Xolmatovning zarbasi bilan yakunlandi. Futbolda darvoza enini kengaytirish haqidagi hech gap-so'zlar yo'q hozircha.
4. Marushich raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi. Ammo adolat bayrog'ini ko'tarib olgan laynsmen qo'llarini oldinga cho'zdi.
Bugun "Paxtakor" oq, "Nasaf" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.
1. Uchrashuv boshlandi! Bugun qanday kun ekanligini erkaklar yaxshi bilishadi. SHunday ekan, televizor pulti ko'pchilikka tegmasligi aniq. SHu bois, o'yin jarayonini matnli ko'rinishda birgalikda kuzatib boramiz. Bugun hayajonli o'yin guvohi bo'lishimizga shubha yo'q. So'nggi marta barcha "metan zapravka"lar ochilishi to'g'risidagi yangilikdan beri bunchalik hayajonga tushmagandim.
Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun nafaqat turning, balki chempionat markaziy o'yinlaridan birini birgalikda kuzatib boramiz.
Fikrlar