So’nggi yangiliklar

00:49Артета: "Гвардиола футболчи сифатида менинг қаҳрамоним эди. У билан ишлаш ҳаётимдаги энг тўғри қарорлардан бири бўлди"  1 00:45Роналду Globe Soccer талқинига кўра Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод  0 23:50"Барселона" "Камп Ноу"даги очилиш ўйини учун сюрприз тайёрлаб қўйилганини маълум қилди  1 23:28ЎФА Туркиянинг етакчи қурилиш компаниялари билан учрашув ўтказди. Унда Янги Тошкент Марказий футбол ўйингоҳини бўйича лойиҳалар тақдим этилди  9 23:10"Барселона" 2022/23 йилги мавсумнинг охирида "Бавария"га бонус тўламаслик мақсадида Левандовскидан бошқа гол урмасликни сўраган  1 22:35Фабио Каннаваро: "Сафар энди бошланмоқда, бироқ биз тўғри йўлдамиз"  11 21:51"Бавария" ва "Барса" Гримальдога қизиқиш билдирмоқда  2 21:35Суперлига. "Шўртан" – "Бухоро" 1:1  1 21:09ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон беш поғона юқорилаб, Осиёнинг бешинчи жамоасига айланди  22 20:57Тони Кроос Винисиусни танқид қилди  1 20:36Криштиану Роналду АҚШ президенти Дональд Трамп билан учрашди  18 19:50"Боруссия Дортмунд" форварди уйидан қурол топилди  0 19:28Александр Хомяков: "Бугун ҳаракатнинг ўзи камлик қилди"  1 19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   10 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  1

Superliga. "Metallurg" "Olimpik"ka qarshi so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

Superliga. "Metallurg" "Olimpik"ka qarshi so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi

Teglar :  MetallurgOlimpik
Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Olimpik" - "Metallurg" 1:1
16 sentyabr, 16:00. Toshkent viloyati, "Do'stlik" stadioni.
Bosh hakam:
Doston Mirzaraimov
Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Andrey Tsapenko
VAR: Roziyabonu Yusupova
AVAR: Ziyodullo Abduraxmonov
Zaxira hakami: Turg'un Jumaboev
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Rustam Zuparov

Gol: Marko Milichkovich (penalti) 45+2, 0:1, Muhsin Bozorov 90+2 1:1

"Olimpik": 1.SHukron Yo'ldoshev, 5.Maqsud Aloxo'jaev (15.Muhsin Bozorov,68), 8.Nodir Abdixoliqov, 9.Akbar O'ktamov, 10.Farruh Muxtorov ( 21.Muhammadaziz Ibrohimov,68), 16.Rian Islamov, 18.Akbar Abdirasulov, 22.SHahzod Toirov, 44.SHerzod Komilov (30. Oybek O'rmonjonov, 85) 70.Muhammadbobur Mo'ydinov (11.Anvar Alijonov, 63), 77.Sunnatilla Abdullajonov (64.Samandar Qodirov, 63)


Zaxira: 99.Edem Nemanov, 17.Jaloliddin Sodiqov, 28.Rustam Jahonov, 29.Ulug'bek SHaripov,

"Metallurg": 35. Rahimjon Davronov, 2.Odilbek Abdumajidov, 5.Oleksandr Kucherenko, 6.Xudoyshukur Sattorov, 8.Iskandar SHayqulov ( 88.Sirojiddin Qo'ziev, 72), 9.Zabihillo O'rinboev (7.Asadbek Sobirjonov,60), 15.Azizbek Pirmuhammadov, 22.SHohzodbek G'ofurbekov, 24.Davronbek Hoshimov, 25.SHahzodjon Nematjonov (98.Balsha Sekulich, 60), 31.Marko Milichkovich (4.Kerim Palich,  80)


Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 10.SHahzodbek Ubaydullaev, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 19Abubakir Ashurov, 99.Abbos Ergashboev.

Ogohlantirish: Azizbek Pirmuhammadov ("Metallurg") 12, Odil Abdumajidov   ("Metallurg") 37, Odil Abdumajidov  ("Metallurg") 90+4

CHetlatish: Odil Abdumajidov  ("Metallurg") 90+4


MATNLI TRANSLYACIYA


90+4. "Metallurg" himoyachisi Odil Abdumajidov ikkinchi sariq kartochkani oldi va chetlatildi. 

90+2. GOL. "Olimpik" ketma-ket hujumlari nihoyat samarasini berdi. Muhsin Bozorov hisobni tenglashtirdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

85. O'ZGARISH. "Olimpik", SHerzod Komilov o'rniga Oybek O'rmonjonov tushdi. 

82. Samandar Qodirov deyarli birga bir vaziyatga chiqib borayotgan vaqtda raqib futbolchisi Hoshimovning qarshiligiga uchradi. Hakam o'yinni davom ettirishni buyurdi. 

81. ZARBA. "Olimpik"ning navbatdagi hujumi keskin tus oldi. Yuqoridan uzatilgan to'pni Ibrohimov darvozaga yo'lladi. 

80. O'ZGARISH. "Metallurg", Marko Milichkovich o'rniga Kerim Palich tushdi. 

80. ZARBA. Bozorovning uzatmasini Qodirov zarba bilan yakunladi. Zarbani raqib posboni ushlab oldi. 

78. ZARBA. SHahzod Toirovning boshi bilan yo'llagan zarbasini Davronov ushlab oldi. So'nggi daqiqalarda ustunlik Korostichenko shogirdlarida. 

77. Yana "Olimpik"! Bu safar Samandar Qodirovning zarbasi darvozaga kirmadi. 

74. ZARBA. Muhsin Bozorov jamoadoshlari etkazib bergan to'pni darvozaga yo'llashga harakat qilib ko'rdi. 

72. O'ZGARISH. "Metallurg", Iskandar SHayqulov o'rniga Sirojiddin Qo'ziev tushdi.

69. O'ZGARISH. "Olimpik", Farruh Muhtorov o'rniga Muhammadaziz Ibrohimov, Maqsudxo'ja Aloxo'jaev o'rniga Muhsin Bozorov tushdi. 

67. ZARBA. Mezbonlardan keskin hujum. Mehmonlar kiperidan super seyv. 

63. O'ZGARISH. "Olimpik", Sunnatilla Abdullajonov o'rniga Samandar Qodirov, Muhammadbobur Mo'ydinov o'rniga Anvar Alijonov tushdi. 

60. O'ZGARISH. "Metallurg", SHahzod Nematjonov o'rniga Balsha Sekulich, Zabihillo O'rinboev o'rniga Asadbek Sobirjonov tushdi. 

57. ZARBA. Mezbonlar futbolchisi Akbar O'ktamov gadvasi bilan to'pni to'g'irlab olib zarba berdi. Ammo noaniq. 

50. "Olimpik" to'pni yaxshi nazorat qilmoqda. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Tanaffus!

45+2. GOL. Marko Milichkovich penaltini aniq amalga oshirdi. 

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

45. PENALTI. "Olimpik" darvozasiga penalti belgilandi. 

44. VAR. Ehtimoliy penalti ko'rib chiqilmoqda. Hakam o'zi VAR monitoriga keldi. 

43. ZARBA. Kucherenko jarima maydonchasi ichida zarba yo'lladi. Lekin u o'yindan tashqari holatda qolgandi. Uning zarbasini SHukron Yo'ldoshev qaytargandi. 

41. Mehmonlar qarshi hujumga o'tishga harakat qildi.  "Olimpik" posboni to'pga o'z vaqtida chiqib xavfni bartaraf etdi.

37. OGOHLANTIRISH. "Metallurg", Odil Abdumajidov

32. "Olimpik"dan hujum. Raqib yaxshi himoyalandi. 

26. "Metallurg" qarshi hujumga o'tdi. Nematjonovning zarbasini SHukron Yo'ldoshev ushlab oldi.

22. Uchrashuvda temp pasaydi. Xavfli vaziyatlar kam. 

12. OGOHLANTIRISH. "Metallurg" futbolchisi Aziz Pirmuhammadovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

10. "Olimpik"dan xavfli hujum. Farruh Muhtorov to'pga ulgurmadi. 

8. ZARBA. Bekobodliklar legioneri Milichkovich olisdan zarba yo'lladi. SHukron Yo'ldoshev o'z o'rnida. 

6. "Olimpik" futbolchisi Farruh Muhtorovga tibbiy yordam ko'rsatildi. Raqib futbolchisi Kucherenko bilan kichik to'qnashuv bo'lib o'tdi.

 

O'yinga start berildi. 

 - Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

- O'yin boshlanishiga barcha narsa shay holatda turibdi. 

- Uchrashuv 16:00da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика