So’nggi yangiliklar

16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  0 16:32U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  18 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  2 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  1 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  20 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  14 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  6 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  34

Superliga. "Olimpik" va "Andijon" nursiz durangga imzo chekdi Yangiliklar

Superliga. "Olimpik" va "Andijon" nursiz durangga imzo chekdi

Superliga 9-turi doirasidagi "Olimpik" – "Andijon" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga 

9-tur

"Olimpik" – "Andijon" 0:0

24 may. Toshkent. "Jar" stadioni. 19:30

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Qanot hakamlari: Rishat Nugmanov, Daniil Yacenko

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Kristina Sereda

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: SHohruh Said

"Olimpik": 99.Edem Nemanov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 7.Ibrohim Ibragimov (15.Muhsin Bozorov, 83), 8.Nodir Abdixoliqov (21.Muhammadaziz Ibrohimov, 74), 10.Farruh Muxtorov (9.Asadbek Jo'raboev, 46), 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 22.SHahzod Toirov (4.Behruz Jumatov, 74), 19.Ahmadillo Muqumjonov (17.Jaloliddin Sodiqov, 90), 23.Abdurauf Bo'riev, 37.Alisher Odilov, 44.Asad Rahimjonov.

Zaxira: 32.Jahongir Bo'riev, 5.Davronbek Olimjonov, 64.Samandar Qodirov, 70.Muhammadbobir Mo'ydinov.

"Andijon": 72.Igor Litovka, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Farhodbek Bekmuratov (9.Levan Arveladze, 78), 10.Ilhom Abdug'aniev, 13.Sardorbek Azimov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhod Sohibjonov, 26.Muhammadkarim Toirov (7.SHerzod Esanov, 78), 28.Islom Mamatkazin, 71.Bektemir Abdumannonov, 99.SHahrom Samiev (51.Luka Zgurski, 78).

Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 14.Abdurahmon Komilov, 21.Ildar Mamatkazin, 31.Demir Imeri, 66.Ilhomjon Alijonov, 77.Rustam Turdimurodov.

Ogohlantirish: Muhammadkarim Toirov (64)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Xavfli vaziyat! Mehmonlar hisobga ochishiga bir bahya qoldi. Ammo Mamatkazinning so'nggi zarbasi noaniq chiqdi.

86. Abdumannonovning jarimadan uzatmasi yakunda noaniq zarba bilan tugallandi.

82. Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pga Jo'raboev bosh bilan zarba yo'lladi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!

81. Odilovning zarbasini Bubanya boshi bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

78. Mehmonlarda birato'la uch o'zgarish yuz berdi. Biroz avval mezbonlarning ikki o'yinchisi almashgandi.

73. Sohibjonovning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

69. "Andijon" futbolchisining zarbasi yana kuchsiz chiqdi.

64. Muhammadkarim Toirov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

62. Mehmonlarda standart yuzaga keldi. Abdumannonovning uzatmasini Nemanov mushti bilan urib yubordi.

58. Xavfli vaziyat! Ibragimovning raqib jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasiga Toirov qalqon kabi chiqdi va to'p maydon tashqarisiga ravona bo'ldi.

55. Bekmurodovning zarbasi kuchli chiqmadi, natijada Nemanov qiyinchiliksiz to'pni egalladi.

53. Odilovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

50. Zarba! Nemanov "Andijon" futbolchisi tomonidan yo'llangan zarbani qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Olimpik"da o'zgarish sodir bo'ldi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. Rahimjonov qarshi hujumga o'tayotgan Samievni qoidabuzarik evaziga to'xtatib qoldi.

35. Jo'raqo'zievning olisdan chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

34. Bo'riev yakkakurashlarda ko'p ishtirok etmoqda, oqibatda, shunga yarasha shikastlanmoqda.

29. Xavfli vaziyat! Nemanov yana to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi, biroq Abdug'aniev deyarli bo'sh qolgan darvozaga to'pni aniq yo'llay olmadi. 

26. "Andijon"da standart vaziyat yuzaga keldi. Himoyachilardan qaytgan to'p Toirovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

23. Nemanov to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi, sal qolsa, jarima maydoni tashqarisida to'pni qo'l bilan o'ynardi. 

21. Mehmonlarning ketma-ket hujumlari bartaraf etildi.

16. Xavfli vaziyat! Jo'raqo'zievning olis burchak tomon yo'llagan zarbasini Litovka qaytardi.

15. "Olimpik" futbolchisining 20 metrlardan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

12. Xavfli vaziyat! Jo'raqo'ziev yaqin masofadan raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi, unga raqib posboni ham biroz xalaqit berib qoldi.

7. Sohibjonov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq Litovka yakunda to'pni egallab oldi.

4. "Andijon" futbolchisining zarbasi Bo'rievning qo'liga tegib, maydonni tark etdi, hakam esa jarima zarbasi belgiladi. Biroq Abdumannopovning zarbasi "jonli devor"ga tegib qaytdi.

2. "Olimpik" ilk daqiqalardanoq hisobni ochishi mumkin edi, Litovkaning chaqqonligi evaziga xavf bartaraf etildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Olimpik" qizil, "Andijon" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика