So’nggi yangiliklar

14:45"Манчестер Сити" "Барселона" футболчиси учун 100 млн евро тўлашга тайёр  0 14:20Про лига. Илк тур баҳсларининг бошланиш вақти маълум  2 14:01"Биз "Реал" ҳақида ўйламаслигимиз керак" — Гави  0 13:33Breaking! Клопп мураббийликка "Реал" устози сифатида қайтиши мумкин  6 13:04Левандовски Пушкашнинг рекордини янгилади  2 12:36Ла Лига ҳакамлик бўйича бир қатор ўзгаришлар қилмоқчи  1 12:09Гвардиола: "О'Райли Англия Кубоги ярим финалида ўйнайди"  9 11:44"Бавария" Дэвис туфайли Канадани судга бермоқчи  1 11:18Пляж футболи бўйича Осиё чемпионати тугади. Эрон – чемпион!  5 10:56МЮ «Барселона» футболчисини дунёнинг энг кўп маош олувчи ҳимоячига айлантирмоқчи  4 10:25Криштиану Роналду АПЛ жамоаси билан бир ойлик шартнома имзолаши мумкин  10 09:53«Манчестер Сити» етакчиси жароҳат олди  1 09:20Файзуллаевнинг ўзи «Галатасарой»нинг қизиши ҳақидаги саволга жавоб берди  4 08:47Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Борнмут»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  22 08:15Терма жамоамизнинг яна бир етакчисига Туркиянинг ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Superliga. Barcha gollarni "Navbahor" vakillari urgan o'yinda "Andijon" so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Superliga. Barcha gollarni "Navbahor" vakillari urgan o'yinda "Andijon" so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Andijon" to'qnashuvi yakuniga etdi.

Superliga 

3-tur

"Navbahor" – "Andijon" 2:2

Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30

Gollar: Zabihillo O'rinboev (Saidazamat Mirsaidov) 2', Abbos G'ulomov (Shohmalik Komilov) 51' – Gilerme Gedesh avtogol 6', Benjamin Teydi avtogol 90+7'

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Andrey Capenko

Zaxira hakami: Shahboz Azimov

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

VAR: Nikita Mustafin

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Komissar: Diyor Xotamqulov

"Navbahor": 1.Umid Ergashev, 7.Azim Ahmedov (15.Javohir Abdujabborov, 62), 8.Shohmalik Komilov (4.Shahzod Toirov, 75), 9.Zabihillo O'rinboev (29.Pedro Augusto, 75), 10.Shahzod Ubaydullaev (37.Alisher Odilov, 62), 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teydi, 33.Sergey Karpovich, 36.Gilerme Gedesh, 70.Abbos G'ulomov (17.Ruslan Jiyanov, 80), 99.Igor Gabriel.

Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 19.Mirzohid G'ofurov 71.Navro'z Iminjonov.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 4.Islom Mamatkazin, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Iskandar Shayqulov ( 6.Altin Kreziu, 68), 9.Mirzad Mehanovich, 11.Islam Mashukov, 14.Abdurahmon Komilov (23.Doniyor Abdumannopov, 68), 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov (7.Rustam Turdimurodov, 85), 32.Luka Uskokovich, 71.Bektemir Abdumannonov.

Zaxira: 25.Valijon Rahimov, 2.Abubakir Ashurov, 10.Ilhom Abdug'aniev, 13.Sardor Azimov, 17.Farhod Sohibjonov, 66.Miomir Jurichkovich.

Ogohlantirishlar: Shohmalik Komilov (45+4), Saidazamat Mirsaidov (90+3).

Chetlatishlar: Mirzad Mehanovich (72), Saidazamat Mirsaidov (ikkinchi sariq, 90+6)


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+7. GOL! Islom Mamatkazinning zarbasidan keyin to'p Teydiga tegib darvoza to'ridan joy oldi. Muvozanat tiklandi! Qanday o'yin! Qanday derbi! 

90+6. Saidazamat Mirsaidovga ikkinchi sariq berilib, qizil kartochka bilan jazolandi. Zaxira o'rindig'idan yana kimdir sariq kartochka oldi. Hozircha bu bizga ham mavhum.

90+3. Saidazamat Mirsaidov qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi. 

90. Ikkinchi taymga 10 daqiqa qo'shildi.

85. "Andijon"da almashtirish: Toirov o'rniga Turdimurodov tushirildi.

84. Zarbaaa! Odilovning erlatib yo'llagan zarbasini Adhamov ushlab oldi. 

82. "Andijon"da o'zgarish: Abdumannonov o'rniga Sohibjonov maydonga tushdi.

80. "Navbahor"da almashtirish: G'ulomov o'rniga Jiyanov uchrashuvni davom ettiradigan bo'ldi. 

75. "Navbahor"da 2 ta o'zgarish: Komilov o'rniga Toirov, O'rinboev o'rniga Pedro bahsga qo'shildi.

72. Uuux! Ilgiz Tantashev VAR monitori orqali Mehanovich Komilovga nisbatan qoidabuzarlik qilgan deb topdi va qizil kartochka ko'rsatdi.

70. Zarbaaa! Shohmalik Komilov maydon markazidan darvozani ishg'ol qilishga harakat qilib ko'rdi, sal noaniq. 

68. "Andijon"da 2 ta almashtirish: Komilov o'rniga Abdumannopov, Shayqulov o'rniga Kreziu tushdi.

66. Shohmalik Komilovning jarimadan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p himoyachining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. "Navbahor" tomoni etirox bildirmoqda. VAR ham vaziyatni ko'rib chiqdi, davom etamiz. 

62. "Navbahor"da 2 ta o'zgarish: Ahmedov o'rniga Abdujabborov, Ubaydullaev o'rniga Odilov bahsni davom ettiradi. 

59. "Navbahor"dan keskin hujum. To'p uchun kurash chog'ida Teydi jabrlandi. Undan oldin esa legioner futbolchi o'z zarbasi orqali Eldor Adhamovni sinovdan o'tkazib oldi. 

56. "Navbahor" muxlislari: "Andijon"ni yutamiz" degan hayqiriq bilan stadionni junbushga keltirmoqda. 

51. GOL! Shohmalik Komilovning bosh bilan bergan pasidan so'ng Abbos G'ulomov pastki burchakni aniq nishonga oldi – 2:1!

48. Zarbaaa! "Andijon"dan yaxshi hujum. Yakunda Mashukov tribuna tomon zarba berdi, to'p darvoza to'sinining ancha tepasidan o'tib ketdi. 

46. Zarbaa! Komilovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus! 

45+4. Maydonda biroz tortishuv yuzaga keldi. Hakam Komilovga sariq berdi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Tibbiy yordamga muhtojlik navbati Ahmedovda. U shifokorlar bilan maydonni tark etgan bo'lsa-da, hozir maydonga qaytadi. 

42. Azim Ahmedov o'ziga xos fint va ajoyib uzatma muallifiga aylandi, sherigi so'nggi pallada himoyachi qarshiligiga uchradi. 

39. "Andijon" azosi Abdulvohid G'ulomovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Futbolchida hammasi joyida va u maydonga qaytadi. 

37. Jamoalar navbati bilan hujumga o'tishmoqda. Muhimi, o'yin tempi yuqori, bu esa ishqibozlarga xush keladi. 

35. Uuuux! Gedeshning fint orqali tovoni bilan bergan zarbasi sal noaniq ketdi. Avtogolni "yuvardi" lekin.

35. Teydining havolatib amalga oshirgan uzatmasi himoyachiga tegib qoldi, navbatdagi korner.

34. Zarbaa! Karpovichning zarbasi yo'liga Islom Mamatkazin to'g'anoq bo'ldi, burchak zarbasi. 

32. Abbos G'ulomov qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan og'zaki ogohlantirildi. 

29. "Andijon" asosan chap qanotni – Bektemir Abdumannonovni ishga solib, hujumga o'tmoqda. 

24. Islam Mashukovga tibbiy yordam zarurligi uchun hakam o'yinni to'xtatdi. 

19. Maydonda derbiga xos bo'lgan xatti-harakatlar boshlanib ketdi. 

15. Har ikki jamoa muxlislari avjida! Stadionda ajoyib performans hukmron. 

10. O'yin ancha-muncha qizg'in tus oldi... Hatto klaviaturalarimiz ham ulgurmayapti.

6. Avtogol! Hisob tenglashdi! Islam Mashukovning uzatmasidan keyin Gedesh to'pni darvozaga kiritib qo'ydi...

4. "Andijon" hujum qila boshladi va o'z imkoniyatini qidirmoqda. 

2. GOL! "Navbahor"dan tezkor gol! Katta sahnada Zabihillo O'rinboev! Mirsaidovning uzatmasidan so'ng bosh bilan to'p kiritib, hujumchi hisobni ochdi! 

1. Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +10   

Fikrlar

+17   
28 mar 21:39:43
Бахром Турсунов
Зур уйин булди. Навбахор вакт чузиш окибатида еди. Андижон гап йук, ирода курсатди, Навбахор мухлисиман.
+14   
28 mar 21:39:17
Абу бакр
Navbaxor futbolchilari uyga borsa dadasi yutdilarmi deb so'rasa 4 ta gol urdik lekin 2:2 bo'lib qoldi)). Albatta xazil kayfiyatni tushurmimiz qo'shnilar bu futbol bir unaqa bir kun bunaqa. Eid Mubarak
+14   
28 mar 20:31:37
Ikromjon
Хозиргача уйналган уйинлар ичида энг томошабоп уйин шу буляпти омад кучлиги ютсин.
+13   
28 mar 22:00:50
Ibroxim Xudaykulov
Уйин чузиш навбахорга одатку. 2 йил олдин бекободда вакт чузиб хам охирида еб кетуди. Андижонга омад.
+13   
28 mar 21:42:38
Paxtakor Toshkent
1 киши куп булиб уз майдонида ётиб олиб вакт чузган жамоани умрим давомида 1-марта курдим. Андижонга эса Респект
+13   
28 mar 21:37:34
Sardorbek..
Battar bo'llaring 10 kishiga qarshi vaqt cho'zib o'ynash shunaqa bo'ladi tantashevlaring xam yordam berolmadi bugun
+13   
28 mar 21:14:58
ОЙБОТ
ҚИЗИЛ КАРТОЧКА бормиди, ё шу бўлиши керакмиди, Навбаҳор фойдасига??
Ғалатими...?
Яна кўп ўйнаб туриб, ЁТИБ ўйин чўзишга бало борми??
+12   
28 mar 21:38:36
Behzod Umedov
Haqiqat egiladi bukiladi lekin sinmaydi maladets Andijon. Hakamingayam yigloqi yotvoladigan raqiblargayam dedi baribir urdi golni maladets. Andijon irodalo jamoa ekanini isbotlayapti
+12   
28 mar 21:34:55
boss bond
Даббала андижонни ютамиз деб бакиретудими. Мамасоли акани хуразкандини ютасилар
+12   
28 mar 21:33:51
CA BOSS
Ўйинни чўзишни оқибати, шунақа жазо билан тақдирланади!! Ва хисоб 2-2..
ТАНТЕШЕВ ўз айбини ювгандек-ми?
+11   
28 mar 21:40:40
Ermak Uchun
Andijoni yutish Gulbahorga emaskan. Nechinchi uchrashuvni yuta olmayapti. Yana oxirida anjon itarib ketyapti. Gulbahor kaput
+11   
28 mar 21:34:17
Akmal Qaxorov
Sport TV pazorrr shunde zoʻr o'yinni asosiy qismini reklamada o'tkazsa
+11   
28 mar 21:22:10
CA BOSS
,72-дақиқада ТАНТЕШЕВ КАТТА сахнага чиқди, ва чиройли ўйинни ўлдирди. Мухлислар учун ўйналётган ўйин, қайсидир жамоани ғалабаси учун айлантирилди, шарманда!!!
+11   
28 mar 20:23:41
Obidjon
Oʻyin shunchaki dahshatli boʻlyapti. Yevropa futboliga oʻxshab ketadigan oʻyin boʻlyapti. Zoʻri yutsin . Ikkala jamoaga ham omad. Nasaf muxlisi.
+10   
28 mar 21:54:30
Ermak Uchun
Gulbahorim maqtalgan legionerlari shularni? Ikkita avtogolni ham legioner urdi. Varatabon ham taxta ekan. Gulbahor bu yil pro ligaga tushib ketmasa katta gap bu misralar bilan.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика