So’nggi yangiliklar

22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  0 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  49 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  1 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  6 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  21 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  45 20:26А Серия. "Лацио" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 20:03Суперлига. ОКМК навбатдаги камбекни Қўқонда амалга оширди  57 19:42"Барселона" Япония ва Кореяда мавсумолди турне ўтказади  2 19:20"Манчестер Юнайтед" ЕЧЛнинг энг яхши дарвозабонларидан бирини нишонга олди  2 18:56Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Хитойга имкониятни бой берди  3 18:45"Эл Класико" трансляцияси устида 500 дан ортиқ мутахассис ишлайди  8 18:30"Нефтчи" "Андижон"ни ишончли ҳисобда ютган дербидан ГАЛЕРЕЯ  3 18:20АПЛ. "Саутгемптон" – "Манчестер Сити" ва бошқа учрашувлар таркиби маълум  34 17:45ОКМК 6 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти  1

Superliga. Ochiq va yorqin futbol namoyish etilgan o'yinda "Nasaf" "Bunyodkor" bilan murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Superliga. Ochiq va yorqin futbol namoyish etilgan o'yinda "Nasaf" "Bunyodkor" bilan murosa ko'chasini tanladi

Superliga 9-turidan o'rin olgan bellashuv poyoniga etdi.

Superliga 

9-tur

"Nasaf" – "Bunyodkor" 2:2  

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00

Gollar: Rubin Xebay (Oybek Bozorov) 23', Oybek Bozorov (Akmal Mozgovoy) 83' – Nosirjon Abdusalomov (Luis Kachorri) 78', Marko Bugarin (Martin Shroler) 90+1'

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov

Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Amir Galeev

Komissar: Vladimir Nazarov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev (28.Shuhrat Muhammadiev, 75), 6.Murodbek Rahmatov (7.Akmal Mozgovoy, 66), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (14.Sharof Muhitdinov, 81), 10.Dragan Cheran (19.Stefan Cholovich, 66), 22.Igor Golban, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Rubin Xebay (18.Husayn Norchaev, 66).

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 17.Suhrob Nurulloev, 24.Sardorbek Bahromov, 33.Bahodir Xalilov.

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Imeda Ashortia (21.Nosirjon Abdusalomov, 76), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (22.Azizbek Amonov, 64), 15.Marko Bugarin, 23.Asadbek Rahimjonov (30.Sardor Abdunabiev, 64), 57.Amir To'raqulov (8.Martin Shroler, 46), 74.Luis Kachorri, 77.Muzaffar Olimjonov (10.Rasul Yo'ldoshev, 89).

Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 5.Aleksandr Zevadinov, 18.Narimjonjon Ahmadjonov , 66.Azizbek To'lqunbekov.

Ogohlantirishlar: Odiljon Hamrobekov (88), Rasul Yo'ldoshev (90+4).

MATNLI TRANLSYACIYA

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Rasul Yo'ldoshev fol ishlatgani uchun ogohlantirildi. 

90+1. GOL! Martin Shrolerning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Marko Bugarin to'pni bosh bilan darvozaga kiritdi – 2:2!

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi. 

89. "Bunyodkor"da o'zgarish: Olimjonov o'rniga Yo'ldoshev bahsni tugatib qo'yadi. 

88. Hamrobekov Muhammadievga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

87. Zarba! Sharof Muhitdinovning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Eshmurodov darvozaga yo'naltirdi, noaniq. 

83. GOL! Mozgovoyning pasidan so'ng to'pni qabul qilib olgan Oybek Bozorov aylanma zarbasi orqali darvoza burchagiga to'pni joylab qo'ydi – 2:1!

81. "Nasaf"da o'zgarish: Abdiraxmatov o'rniga Muhitdinov tushdi. 

80. Zarbaaa! Bozorovning yaqin burchak tomon bergan zarbasi sal noaniq chiqdi. 

78. GOL! Kachorrining mohirona pasidan keyin Abdusalomov birga-bir holatga chiqib borib, hisobni tenglashtirdi – 1:1!

76. "Bunyodkor"da o'zgarish: Ashortia o'rniga Abdusalomov bahsga qo'shildi. 

75. "Nasaf"da almashtirish: G'aybullaev o'rniga Muhammadiev maydonga tushdi. 

73. Zarba! Sardor Abdunabievning kuchli zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. 

70. G'olib G'aybullaev tibbiy yordam olmoqda. Bu paytda esa boshqa futbolchilar biroz nafas rostladi. 

67. Zarba! Olimjonovning uzatmasidan so'ng Amonov bosh bilan noaniq zarba yo'lladi. 

66. "Nasaf"da 3 ta o'zgarish: Cheran o'rniga Cholovich, Rahmatov o'rniga Mozgovoy, Xebay o'rniga Norchaev uchrashuvni davom ettiradi. 

64. "Bunyodkor"da 2 ta almashtirish: Rahimjonov o'rniga Abdunabiev, Abduxoliqov o'rniga Amonov tushirildi. 

61. Xebayning pasidan keyin Cheran deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi va kuchsiz zarbasi bilan darvozabonni to'p bilan taminladi. 

59. Uuuux! Golbanning yaqin masofadan bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.  

55. Oybek Bozorov bugun maydonda shunchaki yayramoqda. Muxlislar haligacha undan legioner maqomiga erishishini kutadi. Jumladan, biz ham. 

53. Zarbaaa! Martin Shrolerning aylanma zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

51. Rahimjonov Bozorovni qo'li bilan itarib yubordi, ochiqchasiga. Jarima zarbasi belgilandi, ammo sariq kartochka negadir berilmadi. Qiziq.

50. Uuuux! Xebay-Bozorov kombinaciyasi gol bilan yakunlanishiga bir baxya qoldi, Abdumavlon Abdujalilov zarbani qaytarib, jamoasini qutqardi! 

49. Zarbaaaa! Martin Shrolerning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi. Dahshat! 

48. Luis Kachorriga nisbatan fol ishlatildi, yaxshi nuqtadan jarima zarbasi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Bunyodkor"da o'zgarish: To'raqulov o'rniga Shroler bahsni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Uuuux! G'aybullaevning bosh bilan bergan zarbasini Abdujalilov qaytardi, qaytgan to'p Dragan Cheranga etib keldi va tajribali hujumchi uni bo'sh qolgan darvozaga kiritolmadi. 

42. Hamrobekov Nasrullaevga nisbatan qoidani buzdi. Odil termadagi sherigi Sherzoddan kechirim so'rab qo'ydi. 

39. Uuuux! Normurodovning uzoqdan bershan kuchli zarbasini Abduvohid Nematov qaytardi! 

37. Rubin Xebay Marko Bugarin tomonidan yiqitildi. Hakam mehmonlar vakilini og'zaki ogohlantirdi. 

35. "Qaldirg'ochlar" o'tkazib yuborilgan goldan so'ng ustunlikni "ajdarlar"ga berib qo'ydi. 

32. Oybek Bozorovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi. 

30. Najmiddin Normurodov jamoadoshini uzun pas bilan taminlamoqchi bo'ldi, biroq to'p ancha noaniq ketdi.  

27. G'aybullaev va Bugarin maydon markazida jiddiy to'qnashib ketdi. Futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

23. GOL! Oybek Bozorovning uzun pasidan keyin Rubin Xebay mahoratini ko'rsatib, zarba berdi va to'p darvoza ustuniga tegib darvozadan joy oldi – 1:0! Qoyilmaqom uzatma va mohirona ijro etilgan zarba orqali gol!

21. Alibek Davronov Muzaffar Olimjonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

19. Zarbaaa! Murodbek Rahmatovning kutilmaganda uzoqdan bergan zarbasi o'ta xavfli chiqdi, ammo noaniq ko'rinish oldi. 

17. Hamrobekov Bozorovga nisbatan qoidani buzdi va Cheranning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qoldi.  

16. "Bunyodkor" hozircha o'yin nazoratini qo'lga olgan, "Nasaf" raqibga imkon bermoqda. 

14. Zarbaaa! Olimjonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Boburbek Yo'ldoshev darvozaga yo'naltirdi, sal noaniq.  

12. Bugarinning aylanma uzatmasi Olimjonovga qadar etib keldi, uning pasidan keyin esa Eshmurodov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Bugarinning uzatmasi shunchaki go'zal!

8. Olimjonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pi hammadan o'tib Nomurodovga etib keldi. Najmiddinning zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi va to'p "aut"ga yo'l oldi. 

6. Uuuux! G'olib G'aybullaev jarima zarbasi orqali olis masofadan erlatib zarba yo'lladi. Juda xavfli, ammo sal noaniq ketdi. 

5. Rubin Xebay Yo'ldoshev bilan to'qnashib ketib, maydonda yotibdi. U tibbiy yordam zarurati yo'qligini malum qildi. 

3. Rahmatov chap qanotda faollik ko'rsatib, to'pni jamoasiga qaytarib oldi. 

1. O'yin boshlandi!

Reyting: +4   

Fikrlar

+5   
10 may 20:58:18
barselona7
Энди чичвордиларинг. Тайёр ғалабани қўлдан бой берди. Кошки эди биринчи марта бўлса. Ўтган йил барча жамоалар инқирозда бўлган вақтда йўқотилган очколар кўп бўлса ҳам билинмай чемпион бўлганди. Бу йил АГМК ва Динамо ўртасида кечади кураш шекилли. Аслида Бунёдкор ҳам ёмон эмас.
+4   
10 may 21:03:00
AA H.A
Кейинги Бунëдкор у́йинини албатта стадионда томоша киламан
+4   
10 may 20:45:48
Soccerland777
Шарҳловчи: Насаф қайтиш қилди.
Бошқа жойларни шевасини билмадиму, лекин бизни Тошкент вилояти тилида ўлди дегани :)))
+4   
10 may 20:41:33
barselona7
Омад Насаф.
+3   
10 may 21:12:41
oltin top
Бозоров ука келаси йили Насафдан кетгин,сан бу жамоадан 2 баробар кучли жамоаларда уйнашга кодирсан,яхши агентларни топиб четга кет ука,шунча килган мехнатингни кутлар кутига уришди
+2   
10 may 22:43:08
Artur1801
Насаф бу кетишда бу йил баклажка қопқоғини ҳам ютолмайди. Кубокдан чиқиб кетиб бўлди. Шу таркиб билан чемпионатни ҳам бой беради. Ҳайронман Рўзиқулга яна қанақа шароит керак. Таркиб энг кучли ҳозир.
+2   
10 may 22:42:57
Artur1801
Насаф бу кетишда бу йил баклажка қопқоғини ҳам ютолмайди. Кубокдан чиқиб кетиб бўлди. Шу таркиб билан чемпионатни ҳам бой беради. Ҳайронман Рўзиқулга яна қанақа шароит керак. Таркиб энг кучли ҳозир.
+2   
10 may 22:06:50
Dreamman
Буник,каекдаги командалар билан дурранг уйнасанг чемпион булолмайсан
+2   
10 may 21:43:04
Futbol_muxlisi
Paxtakor s qilib haydavorgan cheranni Nasaf sudrab yurubdi, nasaf ham s qilib uyiga qaytarivorish keragidi qancha golni kutiga urdi. Akmalchi u yuvunmay kelgan, golni urolmadi, oddiy topni burchak qib berdi, o'sha burchak to'pni avtogol qilib o'tiribdi. Bu o'yinda Ro'ziqulni aybi yo'q axir 5 ta golli vaziyat bo'ldi, Oybek esa butun nasafni yelkasida ob yurdi
+2   
10 may 21:19:16
Sayfuddinovich86
Abdulla, iltimos qilaman !!! Nasafni o‘yinlarini sharhlama. Yoki Sport TV muxlislarga boshqa imkoniyat ham bersin, masalan rus tilida bo‘lsa ham. Nasafni maqtayman deysan gapingda tuz yo‘q. Bunyodkorni maqtayman deysan ikkita gapni bir-biriga bog‘lolmaysan. O‘zbekcha familiyalarniyam to‘g‘ri talffuz qilolmaysan (horijliklarniku aytmasayam bo‘ladi) Nima zarur sanga o‘zingni sharmanda qilib. Futbolni oddiy muxlischalik tahlil qilolmaysan. Sharmandasan
+2   
10 may 21:10:12
oltin top
Эхх...нима дейишгаям хайронмиз,Бердиев яна чечди,керак эмас эди хисоб калтис булиб турганида тудаси билан замена килишни,уша туда уйинга кушилиб кетолмади,бошлангич таркиб зур уйнаб турганди,бунака пайтларда битта бита килиб ким чарчаб колган булса кимнидур травмаси безовта килаетган булса еки уйини чикмаетнан булса замена килинади,Бердиев ким яхши уйнаябди ким емон фарки йук унга,и заменани вактиниям билгилаб олган у,59-60 минутларда бир туда килиб тирикларни ташлайди,тириклар кизишиб уйинга керишиб олгунча ракиб уйин тизгинини узига огдириб олади,Норчан билан мазгавойни умуман туширмаслик керак эди,норчани бор йуклигиям сезилмади,мазгавой Букни 2чи голига муалифлик килди,уладими уша пайт хеч булмаса кукраги билан тупни кайтариб юборса,хулос мазгавойни голи устимиздан муздек сув куйворгандек булди
+2   
10 may 21:03:13
Akram Berdiyev
Бу ерда Мозговой ютқазди.
+2   
10 may 21:00:38
A.S.А
Уйин шиддатли кечди, аммо барибир тахмин килинган натижа булди. Насаф камида 5 та яккол голли вазият булди, но....???
+2   
10 may 20:42:42
Nurbek Eshmanov
Gooool Bozorov!
+2   
10 may 20:38:33
Xala Madrid
Berdiyev zo'r o'ynab turgan Xebay o'rniga taxta Norchayevni tushurgani Bunyodkorning foydasiga ishladi. Xebay maydondan chiqqandan keyin Nasaf xujumidagi bog'lam uzildi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика