So’nggi yangiliklar

22:00"Шўртан" Про лигага тушиб кетди  0 21:50Суперлига. "Сўғдиёна" – "Қизилқум" 3:0   0 21:46"Ал-Ҳалдия" - "Андижон" ўйинини кореялик ҳакамлар бошқаришади  0 21:35Суперлига. "Нефтчи" - "Сурхон" 2:1  0 21:33"Барселона" — "Эльче". Таркиблар маълум  2 21:26Рўзиқул Бердиев: "Эртага мазмунли ўйин эмас, натижа учун ҳаракат қилсак тўғри бўлади"  7 20:54Иван Бошкович: "Кам гол ўтказаётган жамоага 3 та урдик"  3 20:37Акмал Рустамов: "Қизилқум"да тенг кучли иккита таркиб йўқ"  0 20:31Жозе Мораеш: "Насаф"нинг салбий натижалари зич тақвим билан боғлиқ"  7 20:21Отабек Нарзуллаев: "Бугунги ғалаба бизга сув ва ҳаводек зарур эди"  0 20:17"Манчестер Сити" — "Борнмут". Таркиблар маълум  12 20:12Баҳром Ҳайдаров: "Бунчалик осон гол ўтказиб юбормаслигимиз керак эди"  0 19:55Февзи Давлетов: "Беҳруз Каримов тезлиги ва дриблинги эвазига ярим ҳимояда яхшироқ ўйнамоқда"  0 19:54"Андижон" ва "Бухоро" ўртасида кечган шиддатли ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:39Виталий Левченко: "Сўнгги 3 тур янада қизиқарли ўтса керак"  6

Superliga. "Mashal" "Qo'qon-1912" ustidan muhim g'alabaga erishdi va jadvalda xavfli hududdan chiqib ketdi Yangiliklar

Superliga. "Mashal" "Qo'qon-1912" ustidan muhim g'alabaga erishdi va jadvalda xavfli hududdan chiqib ketdi

Superliga 27-turidan o'rin olgan bahs poyoniga etdi.

Superliga

27-tur

"Mashal" – "Qo'qon-1912" 1:0  

G'uzor. "Markaziy" stadioni. 17:15

Gol: Humoyun Murtozaev (Nurjahon Muzaffarov) 13'

Bosh hakam: Ibrohim Ismoilov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umurzoqov

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

VAR: To'rabek Suyunov

AVAR: Aleksandr Burov

Komissar: Samandar Ibragimov

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 5.Samandar Ochilov, 10.Humoyun Murtozaev, 13.Nuriddin Nuriddinov (27.Zafar Akramov, 81), 17.Anvar Murodov (57.Aminu Umar, 32), 19.Islom Sharipov (6.Javohir Abdualimov, 53), 22.Nurjahon Muzaffarov (8.Sardor Abduraimov, 53), 24.Avazxon Mamatxo'jaev,  28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 80.Dmitriy Yashin (15.Muhammadali Aliqulov, 46).

Zaxira: 1.Umid Hamroev, 34.Shahboz Jo'raev, 66.Diyorbek Mamataliev, 77.Jamshid Hasanov.

"Qo'qon-1912": 13.Azizxon Isaqov, 4.Asliddin Toshtemirov (6.Alisher Salimov, 72), 5.Jasurbek Yoqubov, 7.Shota Gvazava (20.Iqboljon Malikjonov, 62), 10.Shohruh Gadoev (9.Javohir Husanov, 46), 17.Kleydi Daci (14.Jasur Xolto'raev, 62), 19.Shahzod Akramov, 22.Muhammadanas Hasanov, 23.Abror Karimov, 44.Andro Giorgadze, 78.Abdug'afur Haydarov (69.Egor Kondratyuk, 83).

Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 15.Zafar Hakimov, 18.Bahrom Abdurahimov, 21.Muhriddin Pazildinov.

Ogohlantirishlar: Nurjahon Muzaffarov (20), Jasurbek Yoqubov (43), Nuriddin Nuriddinov (81), Abdug'afur Haydarov (82), Andro Giorgadze (89). 


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+5. Uuuux! Murtozaevning kuchli zarbasiga sal aniqlik etishmadi. 

90+5. Abdualimovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, qo'qonlik futbolchilar bundan norozi va maydon tashqarichiga chiqishni talab qilmoqda. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

90. Uuux! Abduraimov birga-bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi, u darvozabonni aldab-aldamay zarba berdi, posbon to'pni egallab oldi.  

89. Zarbaaaa! Hasanovning jarima zarbasidan yo'llagan kuchli zarbasini To'xtaboev bir amallab bartaraf etdi. 

89. Giorgadze hakamga jonli devor yuzasidan etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi. 

86. Zarba! Forvard Murtozaevning aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi. 

85. Uuux! Aminu Umarning kuchli zarbasi yo'liga Karimov to'g'anoq bo'ldi, gol urish uchun juda qulay vaziyat edi...  

83. "Qo'qon-1912"da almashtirish: Haydarov o'rniga Kondratyuk tushirildi. 

82. Hujumchi Haydarov Ochilovni yiqitgani uchun ogohlantirildi. 

81. "Mashal"da o'zgarish: Nuriddinov o'rniga Akramov bahsni davom ettiradigan bo'ldi. 

80. Nuriddinov Malikjonovga nisbatan qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi. 

77. Zarba! Abror Karimov havodan kelgan to'pni darvozaga yo'naltirishga harkat qildi, noaniq. 

76. Zarbaaa! Hasanovning erlatib yo'llagan zarbasi, juda xavfli bo'ldi, to'p rikoshet orqali yo'nalishini biroz o'zgartirdi. 

72. "Qo'qon-1912"da o'zgarish: Toshtemirov o'rniga Salimov tushirildi.

69. Zarba! "Mashal" azosining bosh bilan berilgan zarbasini Azizxon Isaqov qaytardi.  

63. Bosh hakam Toshtemirovning holidan xabar oldi, u kichik to'qnashuvda biroz lat egandi. 

62. "Qo'qon-1912"da 2 ta almashtirish: Daci o'rniga Xolto'raev, Gvazava o'rniga Malikjonov tushirildi.

61. Hujum tomon oshiqayotgan Daci "Mashal" futbolchilari tomonidan qoidani buzish evaziga to'xtatib qolindi. 

58. Umarning Abdualimovga ketayotgan qulay pasiga Azizxon Isaqov birinchi bo'lib ega chiqdi. 

57. Zarba! Hasanovning kornerdan oshirib bergan to'pini Giorgadze boshining orqa qismi bilan darvozaga yo'naltirmoqchi bo'ldi, noaniq. 

53. Nuriddinov olis masofadan chalqancha uslubda zarba berishga urinib ko'rdi, noaniq. 

53. "Mashal"da 2 ta o'zgarish: Muzaffarov o'rniga Abduraimov, Sharipov o'rniga Abdualimov o'yinga qo'shildi. 

51. Bosh hakam VAR monitoriga yo'l olib, vaziyatni o'rganib chiqdi va penalti bekor qilindi. 

49. Penalti belgilandi. Haydarov birga-bir holatga chiqib bordi va To'xtaboev tomonidan yiqitildi.  

46. "Qo'qon-1912"da almashtirish: Gadoev o'rniga Husanov tushirildi.

46. "Mashal"da almashtirish: Yashin jarohatlangani bois almashtirildi. Uning o'rniga Aliqulov tushdi. 

Birinchi taym nihoyasiga etdi. Tanaffus! 

45+3. Dacining uzatmasidan keymn Toshtemirov yana pas uzatishni xohladi, ammo ancha noaniq yo'nalishda uchib maydonni tark etdi. 

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Yoqubov qanotdagi to'pni maydonda olib qolish uchun shoshilib, Mamatxo'jaevni ortdan turtib yubordi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

42. Giorgadzening pasidan so'ng Ismoilov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, to'p sal qolsa uning boshi orqali darvoza to'ridan joy olardi... 

40. Hasanovning havodan uzatgan to'pini Yashin bosh bilan uzoqlashtirdi. 

38. Nuriddinov jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq aynan u ofsaydda bo'lgani elon qilindi. 

36. Darvozabon To'xtaboev sheriklariga to'p uzatishda adashdi, to'p maydonni tark etdi, qo'qonliklar "aut"ga ega bo'ldi. 

32. "Mashal"da o'zgarish: Anvar Murodov o'rniga Aminu Umar uchrashuvni davom ettiradi. 

32. Gvazava va Muzaffarov maydon markazida jiddiy to'qnashib ketdi. Muborakliklar vakiliga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

30. "Mashal" azosi Murodov jarohat oldi. U almashtirilishi kutilmoqda. 

29. Hasanov va G'afurov ishtirokida hujum bo'layotgandi, biroq ofsayd qayd etildi. 

27. Sharipovning havodan oshirib bergan to'pi qo'qonlik himoyachilar tomonidan bartaraf etildi. 

25. Akramov qanotda Murodovga nisabatan qoidani buzdi. 

24. Zarbaaa! Hasanov 2 nafar raqibni aldab o'tgan holda yaqin masofadan erlatib zarba berdi, To'xtaboev o'z o'rnida! Yaxshi vaziyat, yaxshi seyv!  

23. Murodov Gvazavaga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

20. Raqib libosidan ochiqchasiga tortgan Muzaffarov ogohlantirldi.  

19. Zarba! Giorgadzening uzoq masofadan erlatib bergan zarbasidan so'ng To'xtaboev to'pni ushlab oldi. 

17. Qo'qonliklar to'pga egalik qilgan holda sekin-asta hujumga o'tdi. Natijada Giorgadzening havolatib uzatgan to'pi To'xtaboevga borib tushgach, urinish poyoniga etdi. 

13. GOL! Muzaffarovning uzatmasidan keyin Humoyun Murtozaev bosh bilan darvozani ishg'ol qildi – 1:0! 

8. Hasanovnang burchak zarbasidan oshirib bergan to'pi yana muborakliklar tomonidan bartaraf etildi. 

5. Muhammadanas Hasanovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'p himoyachilar tomonidan uzoqlashtirildi. 

3. Uuux! Humoyun Murtozaev qulay nuqtaga chiqib borib, kuchli, ammo o'ta noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

1. Bahs boshlandi! 

- Uchrashuv 17:15 da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

+2   
02 noy 19:28:00
Supper Liga
Mashal bir vaqtlar qanday jamoa ediya . Chempionlar ligasida o'ynar edi. Keyinchalik Jamoa moliyalashtirish juda kamaydi. Bu jamoa Akademiyasidan juda ko'p iqtidorlar chiqgan edi. Afsuski xozirda bu jamoa o'rtamiyonadan xam pastroqda.
+1   
02 noy 20:25:10
Озод Ачилов
Азим Исмаилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Машал кейинги турда агар адашмасам насаф билан уйнаб 3 очкони бериб Яна жойига кайтади
Nasaf bilan Mash'al o'rtasidagi farq har doimgidan ham katta hozir. Mash'al ochko berishi shart emas. Nasaf shundoq ham kuchli. Mash'aldan 3 ochkoni bemalol oladi. Lekin Mash'al talashadi, chunki o'ziga ham ochko kerak. 1 ochko olsa ham o'ziga foyda. Man Mash'alni 27 yillik muxlisiman. Ochko olsa jamoam xursand bo'laman.
   
02 noy 21:40:08
Faxriddin Aliyev
FK DAVR foydalanuvchining fikriga javob berish
Pro ligaga nechta jamoa tushadi. Shu xaqda malumot beringlar.
Tatilda bilib olamiz reglament xar ikki mavsumda oʻzgarib turadi
   
02 noy 20:49:02
Футбол мухлислар учун
ИншоАллох жамоамиз уз урнини саклаб колади
   
02 noy 20:47:50
Футбол мухлислар учун
Табриклаймиз
   
02 noy 20:47:31
Футбол мухлислар учун
Куконимизга кейинги уйинларда омад начора
   
02 noy 20:43:15
UZB-Абу-Даби
Даврон Маматқулов foydalanuvchining fikriga javob berish
Бозор авжига чикди
Баракасини берсин
   
02 noy 20:30:58
salom salom
MASH'ALGA QOYIL QOLDIM O'ZIDAN KUCHLI JAMOANI YUTDI-QO'YDI
   
02 noy 20:30:40
Даврон Маматқулов
UZB-Абу-Даби foydalanuvchining fikriga javob berish
Олди сотди бошланд
Бозор авжига чикди
   
02 noy 20:26:04
UZB-Абу-Даби
Олди сотди бошланд
   
02 noy 20:11:11
Азим Исмаилов
salom salom foydalanuvchining fikriga javob berish
MASH'AL YANA BITTA UR
Машал кейинги турда агар адашмасам насаф билан уйнаб 3 очкони бериб Яна жойига кайтади
   
02 noy 20:09:39
FK DAVR
Pro ligaga nechta jamoa tushadi. Shu xaqda malumot beringlar.
   
02 noy 19:05:08
Erkin Murodov
Куконликлар нимага жимсилар
   
02 noy 19:00:31
Касимов
Хакам яхши одам басакан пеналти 100% бор еди нега бошка ракурсдан курмади биринчи ракурсдан аник куриндику
   
02 noy 18:16:11
salom salom
MASH'AL YANA BITTA UR
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика