So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Superliga klublarining shifokorlari Dohada maxsus o'quv-seminarida ishtirok etishdi Yangiliklar

Superliga klublarining shifokorlari Dohada maxsus o'quv-seminarida ishtirok etishdi

Teglar :  PFL
O'zbekiston Superligasi ishtirokchi klublari shifokorlari Doha shahridagi “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida tashkil etilgan maxsus o'quv-seminarda ishtirok etishdi.

O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Qatar Futbol Associaciyasining Prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad at-Taniy o'rtasida imzolangan memorandum doirasida bo'lib o'tgan mazkur o'quv-seminari 2 kun davom etdi va unda “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari o'zbekistonlik shifokorlariga sport tibbiyotida qo'llanilayotgan yangi vositalar, davolash uslublari, futbolchilarning sog'lig'ini nazorat qilib borishda ahamiyat berish kerak bo'lgan muhim jihatlar haqida batafsil malumot berishdi.
- Bunday seminar tashkil etilganidan juda mamnun bo'ldik. Seminar davomida “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari bizga sport tibbiyoti sohasidagi so'nggi yangiliklar hamda futbolchilarning sog'lig'ini nazorat qilish borasida kerakli tavsiyalarni berishdi. O'z malaka va ko'nikmalarimizni yanada boyitib olish imkoniga ega bo'ldik, - dedi “Lokomotiv” PFK bosh shifokori Abror Pirriev.


Takidlash joiz, 20–21 dekabr kunlari bo'lib o'tgan seminarda qatnashgan shifokorlar ertaga yurtimizga qaytib kelishadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика