So’nggi yangiliklar

16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3

Superliga klublari rahbarlari "Ayaks" akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi Yangiliklar

Superliga klublari rahbarlari "Ayaks" akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi

Teglar :  SuperligaO'FAPFL
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tashabbusi bilan Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun talablarni kuchaytirayotganidan xabaringiz bor.

Kelasi yildan boshlab Superliganing har bir klubi o'z akademiyasi faoliyatini yo'lga qo'yishi shart.

Kuni kecha Portugaliyaning "Portu" futbol klubi akademiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishilgandi. Endilikda O'zbekiston klublari dunyoga mashhur Gollandiyaning "Ayaks" klubi akademiyasi bilan ham hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

"So'g'diyona", "Qo'qon-1912", "Metallurg", "Paxtakor" hamda "Qizilqum" klublari texnik direktorlari ayni paytda Amsterdamda bo'lib, "Ayaks" klubi akademiyasining ish faoliyati, selekciya jarayonlari bilan yaqindan tanishishmoqda. Kecha "Ayaks" akademiyasi faoliyatiga masul Mark van der Slot hamda skauting tizimi rahbari Kazimir Vesterfeld yosh futbolchining 8 yoshdan 17 yoshga qadar qanday tarbiyalanishi xususida kichik seminar o'tkazishdi. Seminar mobaynida "Ayaks" akademiyasiga qabul qilingan yosh istedodning katta jamoa tarkibiga borib qo'shilguniga qadar qanday bosqichlarda tarbiyalanishi borasida batafsil malumot berildi. SHuningdek, "Ayaks"ning U-23 jamoasi mashg'ulot jarayoni birgalikda kuzatildi.



Bugun tashrifning ikkinchi kuni doirasida o'zbek klublari vakillariga "Ayaks" akademiyasi tizimida yosh futbolchilarni tarbiyalashda qo'llaniladigan o'ziga xos jihatlar haqida malumot berildi. Anchagina do'stona ruhda o'tgan seminar jarayonida har ikki tomon vakillari bir-biriga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va ikkala mamlakat futboli xususida atroflicha malumotga ega bo'lishdi.

O'zbekistonlik mutaxassislar jahon futboliga ajoyib iqtidorlar etishtirib bergan "Ayaks" akademiyasi hodimlari tajribasidan yurtimiz futboli ertalarini tarbiyalashda albatta foydalanishlarini takidlashdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика