So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  0 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  0 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  8 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  8 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  11 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  26 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  6

Superliga. "Dinamo" Jizzaxda "Paxtakor" bilan murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" Jizzaxda "Paxtakor" bilan murosa ko'chasini tanladi

Superliga 8-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Bahsda tomondan murosa ko'chasini tanlashdi. Dastlab Dragan CHeran 16-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo'lsa, 85-daqiqada samarqandliklar hujumchisi Joel Kojo muvozanatni tikladi. 

Superliga

8-tur

"Dinamo" – "Paxtakor" 1:1  

20 may. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 19:00

Gollar: Joel Kojo 85' – Dragan CHeran penalti 16'

Bosh hakam: Akmal Rahimov 

Qanot hakamlari: Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov  

Zaxira hakami: Zokir Sapoev  

VAR: Asker Najafaliev   

AVAR: Andrey Capenko

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: SHerzod Rajabov

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 3.Ulug'bek Abdullaev (4.Odilbek Abdumajidov, 31), 7.Francis Narx, 9.Humoyunmirzo Iminov (35.Emmanuel Yagr, 60), 10.Joel Kojo, 11.Damir Temirov (18.Dilshod Rahmatullaev, 36), 17.Salim Mustafoev (8.Xislat Xalilov, 81), 20.Fransisko Ferreyra, 21.Anvar Hojimirzaev, 22.Sanjar SHoahmedov (58.Husniddin G'ofurov, 81), 44.Dushan Miyich.

Zaxira: 1.Farhod Rahmatov, 14.Bahodir Nasimov, 23.Farruh Ikromov, 30.Abubakir Mo'ydinov. 

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Diyor Xolmatov, 10.Dragan CHeran, 15.Diyorbek Ortiqboev, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 31.Muhammadali Usmonov (11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 61), 55.Muhammadrasul Abdumajidov (2.Behruz Asqarov, 81).

Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 18.Saidumarxon Saidnurillaev, 19.Sunnatilla Poyonov, 20.Dilshod Abdullaev, 24.Kirill Todorov, 29.Muhriddin Pazildinov, 99.Abbos Ergashboev.

Ogohlantirishlar: Dragan CHeran (38), Diyorbek Ortiqboev (44), Odilbek Abdumajidov (75), SHahzod Azmiddinov (78).


BAHS YAKUNLANDI!

90+5. Zarbaaa! Dragan CHeranning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

85. GOL! Joel Kojo darvozaning o'ng tomonini nishonga olib, hisobni tenglashtirdi – 1:1!

81. "Dinamo"da 2 ta almashtirish: SHoahmedov o'rniga G'ofurov, Mustafoev o'rniga Xalilov maydonga tushdi.

81."Paxtakor"da o'zgarish: Abdumajidov o'rniga Asqarov bahsni tugatib qo'yadi.

78. Zarbaa! Sanjar SHoahmedovning erlatib yo'llagan zarbasini Vladimir Nazarov qaytardi. 

78. SHahzod Azmiddinov raqib hujumini buzgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

75. Abdumajidov CHeranga nisbatan qoidani buzgani bois ogohlantirish oldi. 

73. Anvar Hojimirzaevning qanotdan oshirib bergan to'pidan keyin himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.  

68. Umar Adhamzodaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

66. Zarbaaa! Joel Kojoning kuchli zarbasini Vladimir Nazarov qaytardi. 

63. Uuuux! Anvar Hojimirzaev Nazarovning xatosidan unumli foydalana olmadi. Hujumchi to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ymoqchi bo'ldi, biroq noaniq. 

63. "Dinamo" hujum ketidan hujum uyushtirmoqda, ammo hozircha maqsadiga erishganicha yo'q. 

61. "Paxtakor"da o'zgarish: Usmonov o'rniga Xoldorxonov bahsni davom ettiradi. 

60. "Dinamo"da almashtirish: Humoyunmirzo Iminov o'rniga Emmanuel Yagr maydonga tushirildi. 

57. Xavfli vaziyat! Anvar Hojimirzaev darvozabonni aldab o'tdi, biroq uzatmasi himoyachilar tomonidan to'xtatilib, darvozabonga topshirildi.  

54. Rahmatullaev Usmonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, "Paxtakor" maydoni yaqinida jarima.

51. Zarbaaaa! Anvar Hojimirzaevning kuchli zarbasi Nazarov tomonidan katta qiyinchilik bilan bartaraf qilindi. Qanday zarba! 

47. Doston Hamdamov maydon markazida Odil Abdumajidov bilan jiddiy to'qnashib ketdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus!

45+4. Anvar Hojimirzaev jariima maydonchasi ichiga kirib borib, yiqildi. Hakam hech narsa bo'lmaganini bildirdi.  

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi. 

44. Diyor Ortiqboev qoidani buzgani uchun ogohlantirildi. 

39. Zarbaaa! Diyor Xolmatovning yaqin masofadan bergan zarbasini "Dinamo" himoyachilari bartaraf etishdi.

38. Dragan CHeran raqibni turtgani uchun sariq kartochka oldi. 

36. "Dinamo"da o'zgarish: Temirov o'rniga Rahmatullaev maydonga tushdi. 

35. Zarbaaa! Zarba yo'llash navbati Doston Hamdamovga etib keldi, uning zarbasi yo'liga Dushan Miyin to'g'anoq bo'ldi. 

34. Zarbaaa! Kojoning kuchli zarbasini Nazarov qaytarishga erishdi. 

31. "Dinamo"da o'zgarish: Ulug'bek Abdullaev o'rniga Odilbek Abdumajidov o'yinga qo'shildi. 

28. Joel Kojo katta tezlikda qarshi hujumga o'tib ketdi va qanotdan yorib kirib, noaniq zarba yo'lladi. Hujumchi qanotda ochiq turgan SHoahmedovni ko'rmay qoldi, aks holda "sherlar"ga qiyin bo'lardi.

27. Uuux! Ortiqboev-Hamdamov-Usmonov kombinaciyasi Muhammadalining zarbasi bilan yakun topdi. To'p himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi. 

22. Hojimirzaevning havolatib amalga oshirgan uzatmasi xavfli vaziyat hosil qilishi mumkin edi, biroq Vladimir Nazarov o'z vaqtida to'pni egallab oldi. 

20. Zarba! Dragan CHeranning zarbasi Ravshanbek Yagudinga qiyinchilik tug'dirmadi.

18. "Dinamo" futbolchisi hujum chog'ida jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi, samarqandlik futbolchilar hakamga etiroz bildirishmoqda. 

16. GOL! Dragan CHeran 11 metrlik nuqtadan darvozani ishg'ol qilib, hisobni ochdi – 0:1!

14. Akmal Rahimov penalti belgiladi. To'p himoyachining qo'liga tekkani aytilmoqda.

13. Uchrashuv bosh hakam o'yinni to'xtatdi va VAR monitori tomon yo'l oldi. Doston Hamdamovning uzatmasidan keyin Dushan Miyich to'pni qo'li bilan o'ynagan bo'lishi mumkin. 

7. Joel Kojo Diyor Ortiqboevdan to'pni olib qo'yib, oldinga o'tdi, ammo sherigiga juda noqulay va g'alati pas berib, hujumni yo'qqa chiqardi.

5. Uchrashuv keskin kurashlarga boy tus oldi. Futbolchilar har bir hududda to'p uchun astoydil kurash olib borishyapti.   

1. "Paxtakor" ilk daqiqadanoq hujum uyushtirdi. Muhammadali Usmonovning zarbasi biroz kuchsizroq chiqdi.  

1. O'yin boshlandi!

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика