So’nggi yangiliklar

17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  1 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  12 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  1 15:25"Имишли" — "Сабаҳ". Таркиблар маълум  0 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1 12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  18 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  5 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  1 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  1 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   12

Superliga 3-tur ramziy terma jamoasidan joy olgan “Andijon” futbolchisi Usmonali Ismonaliev bilan suhbat Yangiliklar

Superliga 3-tur ramziy terma jamoasidan joy olgan “Andijon” futbolchisi Usmonali Ismonaliev bilan suhbat

Mavsumni ketma-ket ikki mag'lubiyat bilan boshlagan “Andijon” o'tgan turda vodiy derbisida durang natija qayd etdi.

Mazkur uchrashuvda mezbonlar himoyachisi Usmonali Ismonaliev mudofaa chizig'ida ajoyib harakat qildi va tur ramziy terma jamoasidan joy oldi. Yaqinda iqtidorli futbolchini intervyuga taklif qildik va qator savollarga javob oldik.

- Usmonali siz endi tanilayotgan yosh iqtidorlardan birisiz. Keling, dastlab o'zingiz haqingizda malumot bersangiz?

- Andijon viloyatida tug'ilganman. Futbolga kirib kelishimga otam sababchi bo'lganlar. Ular futbolning ashaddiy ishqibozi. Birinchi murabbiyim Lutfullo Majidov bo'ladi. Viloyat futbol akademiyasida o'qib yurgan kezlarimda menga ustozlik qilganlar.

- Professional futbolchi bo'lish oson emas. Ayrim hollarda murabbiylar bolalarni iqtidorini payqay olishmaydi. Sendan futbolchi chiqmaydi qabilidagi gaplar bilan ruhiyatini va ishtiyoqini tushirib yuborishadi. Sizda ham shunga o'xshash holat kuzatilganmi?

- To'g'ri aytasiz. Qiynalgan, ishonchim pasaygan paytlarda murabbiylarim to'g'ri yo'l ko'rsatishgan. “Andijon” jamoasida o'z o'rnimni topib ketishimda Aleksandr Xomyakovning xizmati katta. Menga ko'rsatgan yordamlarini aslo unutmayman.


- Asosiy tarkibdagi ilk uchrashuvingizni qanday xotiralar bilan eslaysiz?

- O'zbekiston Liga kubogi doirasidan o'rin olgan “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda o'zimni ko'rsatishim uchun imkoniyat berishdi. O'zim uchun o'zgacha bahs sifatida yodda qolgan.

- “Andijon” uchun chempionat starti o'ta murakkab keldi. “Lokomotiv”, “Nasaf”. “Navbahor” bilan uchrashuvlarda jamoa o'yin bobida yutqazmadi. Biroq, natija doim barcha narsadan ustun bo'lib kelgan...

- Ha. Uchta turda omadsizlik girdobiga tushib qoldik. Lekin, biz xatolardan to'g'ri xulosa chiqarishimiz, ishalashda davom etishimiz lozim. Jamoada hammaning o'z o'rni bor. O'ylaymanki, ijobiy natijalarga erishib turnir jadvalida munosib pog'onani egallashga harakat qilamiz. Aleksandr Andreevich bizni birlashtira oldi. SHaxsan men juda ko'p narsa o'rgandim. To'g'ri qaror qabul qilishni, sabr bilan mehnat qilishda davom etishimiz kerakligini uqtira oldi.

- “Navbahor” bilan o'yindan oldin murabbiy chiroyli o'yinni unutib natija uchun harakat qilish haqida ko'rsatma bergani rostmi?

- Bellashuvga qanday taktika va uslub tanlashni murabbiy hal qiladi. Bizning vazifamiz maydongf chiqib ko'rsatmalarga amal qilgan holda to'p tepish. Vodiy derbisi doim murosasiz kechgan. Durangga mos o'yin bo'ldi.


- Qaysi o'zbekistonlik himoyachilarning harakatlarini kuzatasiz va o'xshashga intilasiz?

- O'zbek futbolchilaridan ko'proq Anzur Ismoilovning o'yinlarini tomosha qilaman.

- Birinchi maoshingiz qancha bo'lgan?

- Yuz ming so'm.

- Jahon futbolidagi eng goleador himoyachi sifatida kimni etirof etasiz?

- Serxio Ramos. Ayrim hujumchilardan ko'ra ko'proq to'p kiritadi.

- Taklif bo'lsa qay birini tanlaysiz Yaponiya birinchi ligasi va Tailand oliy ligasi?

- Tailand chempionati ham yaxshi variant.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика