Suhrob Izzatov: "Neftchi" bilan o'yin biroz qiyin kechdi"
22 dek 2022 17:55
Yangiliklar
Suhrob Izzatov: "Neftchi" bilan o'yin biroz qiyin kechdi"
Jamoa mavsumoldi tayyorgarlik oldidan dastlabki nazorat uchrashuvida "Neftchi"ga qarshi bahslashdi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Bellashuvdan keyin "qaldirg'ochlar" azosi Suhrob Izzatov fikrlariga quloq tutdik.
"Neftchi" bilan o'yin biroz qiyin bo'ldi. Negaki, jamoa ancha vaqtdan buyon o'ynamagandi. Tayyorgarlik jarayonidagi ilk o'yinimiz bo'lgani sabab boshida biroz qiyin bo'ldi.
Tarkibimiz yanada yoshartirildi. Hali kamchiliklarimiz ko'p, lekin mavsum startiga qadar to'liq sport formaga tushib olishimizga ishonaman. Hozirda kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazmoqdamiz. Bu orqali esa holatimizni yaxshilab olamiz.
Albatta, tarkibda yo'qotishlar bo'lyapti. Ko'p futbolchilar jamoani tark etdi. Yangi yildan keyin tarkibimiz kuchaytirilishiga ishonaman. Yaxshi futbolchilar olib kelinadi deb o'ylayman. Jamoa mavsumga har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko'radi", – deya so'zini yakunladi Izzatov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar