Suares "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi
04 sen 2020 17:20
Yangiliklar
Suares "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi
"Barselona" forvardi Luis Suares "Yuventus"ga o'tishga yaqin.
Bu haqda jurnalist Gilem Balage xabar bermoqda. Urugvaylik futbolchi turinliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan.
Futbolchining Turin klubiga yo'l olishi "Barselona" bilan shartnomaning bekor qilinishi sabab cho'ziladi. Suaresning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar amal qiladi, shuningdek hujumchi 2020/21 yilgi mavsum 60% o'yinlarda qatnashgan taqdirda bitim yana 1 yilga uzayishi ko'zda tutilgan.
33 yoshli forvard 1 yillik shartnoma buzilgani sababli "Barselona"dan kompensaciya olishga rozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar