Suares qariyotganligini va "Barselona" hujumchi olishi kerakligini takidladi
18 iyu 2019 11:31
Yangiliklar
Suares qariyotganligini va "Barselona" hujumchi olishi kerakligini takidladi
"Barselona" va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares kataloniyaliklar hujumchi sotib olishlari kerakligini aytib o'tdi.
- SHubhasiz, "Barselona" markaziy hujumchi sotib olishi kerak, chunki men 32 yoshdaman, yanvarda esa 33ni qarshilayman, vaqt o'tmoqda. Yosh futbolchilar men bilan raqobat qilish uchun emas, klub kelajagi uchun jalb qilinishi kerak, - deydi Suares.
Suares Urugvayning "Nasonal" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014 yilda "Barselona"ga kelishidan oldin "Groningen", "Ayaks" va "Liverpul" klublari sharafini himoya qilgan. 2007 yildan esa Urugvay terma jamoasi futbolchisi sanaladi.
Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 57ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 11ta assistga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar