Suares “Gremio”dagi debyutidayoq 34 daqiqa ichida uchta gol urdi. U oxirgi xet-trigini 2018 yil “Real” bilan o'yinda qayd etgan
18 jan 2023 09:10
Yangiliklar
Suares “Gremio”dagi debyutidayoq 34 daqiqa ichida uchta gol urdi. U oxirgi xet-trigini 2018 yil “Real” bilan o'yinda qayd etgan
Har yili o'tkazib kelinadigan “Rekopa Gaucha” tituli uchun bahsda “Gremio” yirik hisobda (4:1) “San-Luis”ni mag'lub etib, bosh sovrin egasiga aylandi.
Luis Suares yangi jamoasida debyut qildi va 34 daqiqa ichida raqib darvozasini uch bor ishg'ol etishga erishdi. Urugvaylik oxirgi xet-trigini 2018 yil “Barselona” safida “Real”ga qarshi o'yinda (5:1) qayd etgandi.
Suaresning Braziliya grandi bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Malumot o'rnida, “Rekopa Gaucha” 2014 yildan beri o'tkazib kelinadi va “Gremio” unda 4 marta (2019, 2021, 2022, 2023) muvaffaqiyatga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar