PSJ Enrike bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda
08 fev 11:55
Yangiliklar
PSJ Enrike bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda
PSJ rahbariyati klub bosh murabbiyi Luis Enrike bilan kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi.
55 yoshli ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
Tomonlar 2030 yil yozigacha amal qiladigan yangi kelishuvni muhokama qilmoqda. Kelajakdagi shartnoma tafsilotlari, shu jumladan moliyaviy shartlar hali oshkor etilmagan.
Enrike Parij klubini 2023 yilning yozida qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida PSJ ikki marta Franciya chempionati va kubogini, uch marta mamlakat Superkubogini, shuningdek, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va qitalararo kubokni qo'lga kiritdi.
PSJ joriy mavsumda 20-turdan so'ng 48 ochko jamg'arib, Liga 1da 2-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar